239
Enaga yonlash bir haftada 200 dollarga tushadi. Bog‘chalarda yagona
bir dastur mavjud emas. Kerak bo‘luvchi hamma jihozlar va kuchlik
ovqatni ota-onalarning o‘zi olib keladi. 5 yoshdan esa “Kinder garde”
deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi.
Boshlang‘ich maktab 6 yoshdan to 13-15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni
qamrab oladi. Bu boshlang‘ich maktablarda
umumiy savodhonlik
va kasbga yo‘naltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko‘chish
o‘quvchining o‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim
turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8-yil). Maktablarda turli
xil to‘garaklar, uchrashuvlar, shovlar va sayohatlar uyushtiriladi, ammo
ularning hammasiga haq to‘lash lozim. O‘rta maktablar quyi va yuqori
bosqichlardan iborat. 9-sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o‘rta
maktabga qabul qilinadi. O‘rta maktablarda to‘rt yo‘nalishda kasb-
hunar asoslari berib boriladi.
1-kasb-hunar ta’limi, 2-biznes ta’limi, 3-savdo va sanoat ta’limi,
4-qurilish ta’limi. Oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi.
1-kichik mutaxassis - 2-yillik kollejlarda amalga oshiriladi. 2-bakalavr
4-yillik kollejlarda, 4-yillik kollej yoki dorifununni tugatgan 3-bosqichni
davom ettirish mumkin, bu 1-2-yillik magistr maktabi. 4-bosqich
aspirantura, doktorantura. Maktablarda, ta’lim televidiniyasi, elektron til
laboratoriyasi, vidioapparatura, kompyuter va hakozolarni qo‘llash yo‘lga
qo‘yilgan. Maktablar ta’til vaqtida ham ishlab turadi. To‘garaklar, qayta
tayyorlash ishlari olib boriladi. Oliy ta’limda ikki yo‘nalish mavjud:
1-ta’limni
individuallashtirish, 2-talabaning mustaqil ishlashini amalga
oshirish. O‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi. Asosiy maqsad talaba
intilektini mashq qildirish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, AQSH o‘rta
maktablarida o‘z o‘quvchilariga uch yo‘nalishda: akademik, kasb-hunar,
umumiy yo‘nalishlarida bilim beradilar. Ayni paytda o‘quvchilarga to‘rt
yo‘nalishda: qishloq xo‘jaligi, biznes ta’limi, savdo va sanoat, qurilish
bo‘yicha hunar, kasb-kor asoslari o‘rgatiladi.
AQSHda har bir o‘quvchiga fanlar bo‘yicha olgan bilimlari jamlangan
attestatlar beriladi. Kollejlarda o‘qish
istagida hujjat topshirgan
o‘quvchilar yuqori o‘rta maktabning so‘ngi ikki-yili bilimlari hajmida
kirish test sinovlaridan o‘tkaziladi. O‘g‘il-qizlarning tanlagan kasbiga
layoqati va qobiliyati ham aniqlanadi.
Maktablarda qullanilishi mumkin bo‘lgan vositalar elektron yozuv
240
apparatlari (kalligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam
beradigan moslamalar), ta’lim televidiniyasi, qo‘lda ko‘tarib yuradigan
elektron
til laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar,
kompyuter va
hokazolardan iborat.
XXI asr arafasida AQSH yangi qabul qilingan “2000-yilda Amerika
ta’lim strategiyasi” dasturi e’lon qilindi. Turli yo‘nalishdagi asosiy
maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 2000-yilda barcha amerikalik
kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari:
-aholining 90 foizi oliy ma’lumotli bo‘lishi, o‘quvchilarning ingliz
tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo‘yicha jahonga
o‘z iqtidorlarini namoyish eta olishlari;
-talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o‘zlashtirishda
jahonda eng oldingi o‘rinlariga chiqishlari;
-har bir voyaga etmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahon-
ning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo‘lishlari;
-maktablarda giyohvandlik va zo‘ravonlikka barham berish, o‘qish
uchun barcha shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Bu AQSH ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi muhim dasturdir.
Oliy o‘kuv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha AQSH
jahon mamlakatlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu
mamlakatda ilmiy izlanishlar uchun ajratilgan mablag‘ning 48
foizini
davlat tomonidan, 50 foizini firma, konsern, sindikatlardan undiriladi,
qolganlarini oliy o‘kuv yurtlarining mablag‘lari tashkil qiladi.
AQSHdagi fundamental izlanishlarning bevosita ijrochisi oliy o‘quv
yurtlari, ularni mablag‘ bilan ta’minlab, ishlab chaqarishga tatbiq
etuvchilar esa, turli sanoat, qurilish va boshqa tashkilotlardir.
Ishlab
chiqarish korxonalari dorulfununlar bilan shartnoma asosida hamkorlik
qiladi. Ma’lumotlarga qaraganda, dorilfununlarning qariyib 70 foiz ilmiy
xodimlari turli firmalarda tadqiqotchi maslahatchi bo‘lib ishlaydilar.
Dorilfununning ilmiy xodimlari, ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy
laboratoriyalariga boradilar.
O‘qituvchi kadrlarni tayyorlash 4-5-yilga mo‘ljallangan dastur
asosida amalga oshiriladi, so‘ngra 4-6 oy amaliyot o‘tiladi.
Ta’limni xaddan ziyod demokratlashtirilishi talabalarning bilimini
puxtaligini tekshirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar tug‘dirdi. Shu
sababli shunday boy moddiy bazaga va tajribaga ega davlatda butunlay
savodsiz bo‘lgan talaygina bolalar topiladi.