246
Fransiya boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha
bo‘lgan bolalar jalb qilinadi. Boshlang‘ich maktab bepul va majburiy.
Uning vazifasi o‘qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. O‘quv
mashg‘ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha hamda soat 14 dan 16
gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda
arzonlashtirilgan narhlarda. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish uch bosqichda
amalga oshiriladi:
1. Tayyorlov bosqichi;
2. Elementar kurs (bu bosqich ikki-yil davom etadi);
3. Chuqurlashtirilgan bosqich.
Tayyorlov bosqichi - 1-yilga mo‘ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga,
o‘qish va yozishga, kuylashga, o‘ylashga, tabiat manzaralarini tomosha
qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul
bo‘lishga, maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga,
musiqa
va mehnatga o‘rgatiladi.
Navbatdagi bosqich - elementar kurs bo‘lib, bu bosqichda o‘qish
2-yil davom etadi. Bunda o‘quvchilarning tayyorlov siklida predmetlar
bo‘yicha olingan bilimlarni yanada takomillashtiriladi.
Boshlang‘ich maktabning 3-bosqichi - chuqurlashtirish bosqichidir.
Bunda o‘quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari
yanada chuqurlashtiriladi. Fransuz maktablarining boshlang‘ich
bosqichida “Grayasdanlik ta’limi”, “Nafosat ta’limi” ham o‘qitiladi.
Nafosat ta’limiga musiqa, tasviriy san’at, sport kiritilgan. O‘quvchilar
bilan yakka tartibda ishlash, ularni rag‘batlantirish, shaxsiy qobiliyat
va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ta’limda
uzluksiz va vorislikni
ta’minlab berish boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qo‘yilgan bosh
talabdir.
O‘kuv dasturining mazmunini bevosita o‘qituvchining o‘zi belgi-
laydi. Bir so‘z bilan ayttanda, o‘qituvchi bolalar bilimiga to‘la masul
ekan, uning uslub tanlashiga, mustaqil harakat qilishiga ham to‘la
erkinliklar beriladi.
1990-yildagi
hukumat qaroriga muvofiq, maktabgacha tarbiya va
boshlang‘ich ta’limiga modullashtirish, bolalarning bilimiga, u yoki
bu fanga moyilligiga
qarab tabaqalashtirish, dars jadvalini ham shu
asosda tuzish huquqi beriladi. Bunday dars jadvallari-yillik, yarim-
yillik, choraklik asosida tuzilishi ham mumkin.
O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta
247
maktabga o‘‘tadilar. O‘rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga
oshiriladi. O‘rta ta’lim ikki bosqichda:
Dostları ilə paylaş: