Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

undirma sanoatda 
ham renta hosil 
bo‘ladi. Ma‘lumki foydali qazilma konlari joylashuvi (yer yuza qatlamiga 
nisbatan) va konning boyligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq 
xo‘jaligidagi singari, sharoiti o‘rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo‘shimcha 
foyda oladilarki, u ham Differentsial rentaga aylanadi. 
Ijara haqi. 
Renta munosabatlarini qarab chiqishda uning ijara haqidan 
farqini e‘tiborga olish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin irrigatsiya va 
melioratsiya inshootlar qurish hamda yerning iqtisodiy unumdorligini oshirish 
bilan bog‘liq ravishda kapital qo‘yilmalar sarflanmagan bo‘lsa, ijara haqi va renta 
miqdoran bir-biriga to‘g‘ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. 
Ijara haqi (IH) quyidagilardan iborat: yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan 
renta (R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (r); yer uchastkasini ijaraga 
bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada 
quyidagicha yozish mumkin: IH = R+r+A. 
Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara ob‘ekti emas, balki 
oldi-sotdi ob‘ekti hamdir. Yer ham qishloq xo‘jalik mahsuloti etishtirish va tabiiy 
qazilma boyliklar qazib olish, har xil ishlab chiqarish inshootlari, yo‘llar, va shu 
kabilar qurish uchun sotib olinadi. Bu yerning narxini aniqlashni taqozo qiladi. 
Yer va boshqa tabiat in‘omlari narxini nazariyotchilar irratsional narxlar deb 
ataydilar. Yer ham irratsional narxga ega. Qishloq xo‘jaligida ish yurituvchi 
tadbirkor bankka qo‘yilgan puldan foiz tarzida olinadigan daromadidan yer 
hisobiga olinadigan renta yuqori bo‘lgan taqdirda shu yerni sotib oladi. Boshqacha 
aytganda, yerning narxi kapitallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo‘l-
ganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to‘g‘ri 
mutanosib va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, erning 
narxi ikkita miqdorga bog‘liq: 1) yer uchastkasi egasi olish mumkin bo‘lgan yer 
rentasi miqdoriga; 2) ssuda foizi normasiga. 
Shundan kelib chiqib, yerning narxi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi. 


248 
B = 
Bunda: 
R - renta r
1
- ssuda foizi normasi,
B - yer bahosi. 
Renta miqdori o‘sib, ssuda foizi normasi pasayib borgan taqdirda yerning 
narxi o‘sib boradi. 
Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda yer narxi, 
yer uchastkasiga talab va taklifga ta‘sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillarga bog‘liq. 
Jumladan, yerga narxning o‘sishini, unga noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun 
foydalanishga bo‘lgan talabning o‘sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyatsiya 
sharoitida yerga talab keskin ortadi, bu ham tegishli ravishda yer narxining 
o‘sishiga olib keladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin