Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Sikl to’g’risidagi nazariyalar, uning asosiy turlari



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Sikl to’g’risidagi nazariyalar, uning asosiy turlari
Iqtisodiyotning siklli rivojlanish sabablarini izohlash orqali bir qator 
nazariyalar vujudga kelgan.
72
McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 197


344 
Sof monetar nazariya.
Bu nazariya tarafdorlarining fikricha bozor 
iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarda markaziy o‘rinni pul va kredit resurslari 
harakatidagi o‘zgarishlar egallaydi.
Ular fikricha, iqtisodiy faollikning o‘sishi, iqtisodiyotning ravnaq topishi, 
uning turg‘unlik bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining 
o‘zgarishidir. Tovarlarga talabning ortishi natijasida savdo hajmi, chakana narx 
o‘sib, ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi. 
Pul oqimi (iste‘mol sarflari summasi) pul miqdorining o‘zgarishi natijasida 
o‘zgaradi. Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi. 
Bu nazariyaning ayrim tarafdorlari pulni iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi 
kuch sifatida qarab, uni muvozanat buzilishiga asosiy sabab deb ko‘rsatadi.
Ikkinchi guruh iqtisodchilar esa pul tizimi mutanosiblikni buzmaydi, faqat 
uning buzilishiga olib keluvchi boshqa omillar uchun sharoit yaratadi, degan fikrni 
ilgari suradilar. Shunga mos ravishda monetar va nomonetar yo‘nalish vujudga 
keldi. Monetar nazariyada jamg‘arishning davriy ravishda oshib ketishi va 
mutanosiblik buzilishining asosiy sababi sifatida pulning xarakatini ko‘rsatadi.
Nomonetar nazariya
tarafdorlari esa texnologik o‘zgarishlar, yangiliklar, 
ixtirolarning ahamiyatini alohida ta‘kidlab, ularning pul jamg‘arishning ko‘payib 
ketishidagi rolini asoslaydi.
Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy faollikning o‘zgarishiga 
iste‘mol emas, balki investitsiya sabab bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin