Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
Kitchin sikli
zaxiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin (1926 
y.) o‘zining e‘tiborini tovar zaxiralarining harakat chog‘idagi moliyaviy hisoblar va 
sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 - 4 yilgacha davr davomidagi qisqa 
73
Ekonomicheskayateoriya: Uchebnik. - Izd., ispr. idop. / Podobщ. red. akad. V.I.Vidyapina, 
A.I.Dobrыnina, G.P.Juravlevoy, L.S.Tarasevicha. – M.: INFRA-M, 2005, 469-b.


346 
to‘lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi. Ayniqsa u siklning davomiyligini jahondagi 
oltin zaxiralarining tebranishlari bilan bog‘lab, uni 3 yil u 4 oyga teng, deb 
hisoblaydi. Kitchin sikli iste‘mol tovarlari bozorida muvozanatlik buzilishi va 
tiklanishi davridan iborat bo‘ladi. Har bir sikl iste‘mol tovarlariga talab nisbatlari 
o‘zgargandagi yangi muvozanatlik bilan tugallanadi. 
 
Tsikllarning asosiy turlari 
23.3-jadval 
Tsikl turlari 
Tsiklning 
davomiyligi 
Asosiy xususiyatlari 
Kitchin tsikli 
2–4 yil 
Zaxiralar miqdori: YaMM, inflyatsiya, 
bandlikning tebranishi, tijorat tsikllari
Jyuglyar tsikli 
7–12 yil 
Investitsion tsikl: YaMM, inflyatsiya va 
bandlikning tebranishi
Kuznets tsikli 
16-25 yil 
Daromad 

investitsiya 

uy-joy qurilishi 

yalpi talab
Kondratev 
tsikli 
40-60 yil 
Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar 
Forrester tsikli 
200 yil 
Energiya va materiallar 
Toffler tsikli 
1000-2000 yil 
Tsivilizatsiyalarning rivojlanishi 
 
Jyuglyar tsikli
«biznes-tsikl», «sanoattsikli», «o‘rtachatsikl» va «kattatsikl» 
kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik tsikllarni 
ajratib ko‘rsatganligi tufayli, aynan shu tsikl Frantsiya, Angliya va AQShda foiz 
stavkalari va narxdagi tebranishlarni tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini 
o‘rganishga kata hissa qo‘shgan Kleman Jyuglyar (1819-1905 yy.) nomi bilan 
ataladi. Jyuglyar tsiklining davomiyligi ayrim iqtisodchilar qayd qilgan asosiy 
kapital faol qismining jismoniy eskirishi ro‘y beradigan davrga mos keladi. 
Birinchi sanoat tsikli 1825 yili Angliyada metallurgiya va boshqa yetakchi 
tarmoqlard amashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egallagan davrda 
kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyad aboshlanib, keyin AQShga ham 
tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSh va qator Evropa davlatlarida boshlangan 
inqiroz tub mohiyatiga ko‘r abirinchi jahon sanoat inqirozi bo‘lgan. 


347 
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, XX asrda 
uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan. 
1857 yilda qator G‘arbiy Evropa davlatlarini qamrab olgan birinchi jahon 
tsiklik inqirozi ro‘y bergan. 1873 yilda XIX asrdagi eng uzoq va talafotli 
inqirozdan keyin 1882 va 1990 yillarda yana yangi inqiroz kuzatilgan. 
1900-1901 yillarda bir vaqtda Rossiya va AQShda metallurgiya sanoatida 
boshlangan inqiroz shiddatli ravishda barcha Evropa davlatlariga tarqalgan. 
Iqtisodiyot tarixiga ―Buyuk depressiya‖ nomi bilan kirgan 1929-1933 
yillardagi inqiroz eng talafotli va uzoq davom etgan inqiroz hisoblanadi. Bu 
inqiroz davrida jahon ishlab chiqarishi hajmi 44%ga, jahon savdosi 62%ga 
kamaygan. Inqiroz kuchaygan davrda yetakchi davlatlarda ishsizlikning umumiy 
soni 30-40 mln. kishiga etgan. 
―Buyuk depressiya‖dan keyin 1974-1975 yillardagi inqiroz bir vaqtda deyarli 
butun rivojlangan mamlakatlarni qamrab olib, ishlab chiqarish 12% ga qisqargan. 
Bir qator mamlakatlar uchun 1980-1982 yillardagi inqiroz eng talafotli 
hisoblanib, bu davrda band qilinmagan ishlab chiqarish quvvatlari Italiyada 30%ni, 
Kanadada 30%dan ortiqni, AQSh qayta ishlash sanoatida 32,4%ni tashqil qilgan.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin