351
ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishini taqozo qilsada va pirvardida xo‘jalik
aloqalarning buzilishiga sabab bo‘ladi.
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar
va shu jumladan iqtisodiy
faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, bayramlar
arafasida ommaviy ravishda xarid qilish, iste‘mol tovarlarining faollik sur‘atida,
asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi.
Qishloq
xo‘jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy
tebranishlarga duchor bo‘ladi.
Agrar inqirozlar.
Qishloq xo‘jaligida ro‘y
beradigan agrar inqirozlar
quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining nisbiy
ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan
juda katta zaxiralarining
to‘planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3)
fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo‘lishi,
ular qarzlarining ortishi; 4)
qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlarning ko‘payishi.
Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoq vaqt
cho‘zilib ketadi. Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil
shakllarda 90-yillar o‘rtasigacha davom etgan.
Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid
qobiliyati juda pasayib
ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib, ikkinchi jahon
urushining boshlanishga qadar, uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan, 80-yillargacha
davom etgan.
Agrar inqirozlarning cho‘zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar: a)
yerga xususiy mulk monopoliyasi qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarishining
rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishiga sabab bo‘ladi; b) yer rentasining
mavjud bo‘lishi va uning uzluksiz sur‘atda o‘sib borishi. v) ko‘plab mayda dehqon
xo‘jaliklarining mavjud bo‘lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo‘jalikni asosan
o‘zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalari bilan ta‘minlash maqsadida yuritadi.
Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Oilasini
ta‘minlash va ijara haqini to‘lash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi miqyoslarda olib
352
boraveradi. Bu hol qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
ishlab chiqarishni yana ham
ko‘paytirib yuboradi.
Agrar inqirozlar siklli tavsifga ega bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish mutloq emas, balki nisbiy tavsifga ega.
Chunki inqiroz ro‘y bergan mamlakatlarda million-million kishilar doimiy suratda
ochlikda yashaydi.
Dostları ilə paylaş: