345
Iste‘mol o‘sib borishi bilan investitsion tovarlarga talab ham ortadi. Bunda
ishlab chiqarish tarkibida nomutanosibliklar yuz beradi, ya‘ni
kundalik va uzoq
muddat foydalaniladigan iste‘mol tovarlari hamda investitsion tovarlarni ishlab
chiqarish o‘rtasida nisbatlar buziladi.
Lekin ko‘pchilik iqtisodchilar yetarli darajada iste‘mol qilmaslik
inqirozning
sababi emas, balki uning oqibatidir, deb ta‘kidlaydilar. Ya‘ni
iste‘molchilar daromadlarini ko‘proq jamg‘armaga ajratganlari uchun emas, balki
to‘lov qobiliyatining yetarli emasligi, ya‘ni
xarid qilish uchun pulning
yetishmasligidan bunday inqiroz kelib chiqadi.
Psixologik nazariya.
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tushuntirishda
psixologik nazariyalar ham o‘z o‘rniga ega. Psixologik nazariya tarafdorlari
(J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xaek va boshqalarni kiritish mumkin.)
fikricha,
insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga ob‘ektiv iqtisodiy omillar:
foiz me‘yori, pul oqimi, foyda va boshqa shu kabilar ta‘sir ko‘rsatib, buning
natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro‘y beradi.
Kredit
tizimining rivojlanishi talab va ishlab chiqarishning o‘sishi odamlarning ruhiyatini
ko‘taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilarda likvidligi yuqori bo‘lgan pul
jamg‘arishga moyillik ortib borishi o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanishga ta‘sir
ko‘rsatadi.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari
mavjudligi ta‘kidlanadi
73
. Iqtisodiy fanda ularni qisqa, o‘rta
va uzoq muddatli
sikllarga ajratish qabul qilingan. Ayni vaqtda, uzoq muddatli sikllar oqimida o‘rta
va qisqa muddatli, o‘rta muddatli sikllar to‘lqinida esa bir nechta qisqa muddatli
sikllar mavjud bo‘ladi. Sikl to‘g‘risidagi nazariyalarda
ularning quyidagi turlari
ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: