Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə231/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 Siklik ishsizlik
– iqtisodiy inqiroz fazasi bilan bog‘liq ravishda kelib 
chiqadi va majburiy ishsizlik hisoblanadi. Masalan, AQShda 1982 yildagi krizis 
davrida ishsizlik darajasi 9,7%ga ko‘tarilgan, ―Buyuk depressiya‖ davri – 1933 
yilda esa tsiklli ishsizlik darajasi 25%ga etgan. 2008 yilgi jahon moliyaviy - 
iqtisodiy inqirozi natijasida bu turdagi ishsizlik darajasi 5 - 6%ni tashkil qilgan. 
Ishsizlik namoyon bo‘lish xususiyatiga ko‘ra ixtiyoriy, muassasaviy (Institu-
tsional), texnologik, hududiy, yashirin va turg‘un turlarga bo‘linadi. 
Ixtiyoriy ishsizlikka
– odatda o‘z xohishi bilan ishlamayotganlar kiritiladi. 
Kishilar ish haqining pasayishi sababli yoki uy xo‘jaligi bilan mashg‘ul bo‘lishi, 
bola boqish va boshqa sabablarga ko‘ra ixtiyoriy ravishda ishlamasliklari mumkin. 
Muassasaviy ishsizlik
- bu mehnat bozorlarining samarali tashkil etilmasligi 
natijasida kelib chiqadi. Masalan, vakantli joylar to‘g‘risida ma‘lumot yetarli 
bo‘lmay kishilar bo‘sh ish o‘rinlaridan xabarsiz qoladi. 
Texnologik ishsizlik
- ishlab chiqarishning texnologik usulini o‘zgarishi, 
xususan mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion 
texnologiyalarning qo‘llash natijasida vujudga keladi. 
Hududiy ishsizlik
- hududiy, tarixiy, demografik, madaniy, milliy va 
ijtimoiy-ruhiy omillar bilan bog‘liq holda mavjud bo‘ladi. 


360 
Yashirin ishsizlik
– faol aholining ish kuni yoki ish xaftasi davomida to‘liq 
band bo‘lmagan qismidir. 
Turg’un ishsizlik
- mehnatga layoqatlilarning ish joyini yo‘qotgan, 
ishsizlik nafaqasini olishdan mahrum bo‘lgan va mehnat faoliyatiga hech 
qanday qiziqishi bo‘lmaganlar toifasi. 
Ishsizlik davom etish vaqtiga qarab qisqa va uzoq muddatli turlarga 
bo‘linadi. Ko‘pgina mamlakatlarda 6 oygacha ishsizlikni qisqa muddatli, undan 
ortiq muddatga cho‘zilgani uzoq muddatli hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholining ish 
bilan bandligini tahlil qilish maqsadida ishsizlik darajasi aniqlanadi. Ishsizlik 
darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi umumiy soniga nisbatining foizdagi 
ifodasidir: 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin