Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Ishsizlikning tabiiy darajasidan yuqori bo’lishi natijasida jamiyat tomonidan



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Ishsizlikning tabiiy darajasidan yuqori bo’lishi natijasida jamiyat tomonidan 
ma’lum miqdordagi mahsulotning ishlab chiqarilmasligini quyidagicha 
ifodalash mumkin: 
Ishlab chiqarilmagan 
mahsulot 
=
Potentsial YaMM 
(YaIM) 

Haqiqiy YaMM 
(YaIM) 
Ingliz iqtisodchisi A.U. Fillips Buyuk Britaniya iqtisodiyotining 1861-1956 
yillardagi rivojlanishini tavsiflovchi statistik ma‘lumotlardan foydalanib, 
inflyatsiya bilan ishsizlik o‘rtasidagi mustahkam bog‘liqlik mavjudligini qayd qil-
gan. U bu davrda Angliyada ish haqi sekin sur‘atlar bilan o‘sganda ishsizlikning 
yuqori darajada bo‘lganligini va ish haqi tez o‘sganda esa ishsizlik pasayganligini 
ko‘rsatib berdi. Buni quyidagicha izohlash mumkin, ishchi kuchiga talab yuqori 
bo‘lganda tadbirkorlar yangi ishlovchilarni ishga jalb qilish uchun yoki 
ishlayotganlarni ish joylarida ushlab turish uchun ish haqi stavkasini oshiradi. Ish-
sizlik ortganda esa, ya‘ni ishchi kuchining taklifi talabdan ancha oshib 
ketganda,ish haqi stavkalari kamayadi. Ishsizlikning kamayishi narxlar va ish 
haqining ortishi bilan birga boradi. Boshqacha aytganda, inflyatsiya sur‘atini 
tezlashtirish hisobiga ishsizlik darajasini pasaytirish mumkin. 
Keyinchalik Fillips egri chizig‘iga amerikalik iqtisodchilar P.Samuelson va 
R.Solou o‘zgartirishlar kiritib, ish haqi stavkasini narxlarning o‘sish sur‘ati bilan 
almashtirdi. Agar davlat ishsizlik darajasini juda yuqori deb xisoblasa, o‘zining 
fiskal va byudjet-pul siyosati orqali yangi talabni qondirish zaruratini hisobga olib 


362 
ishlab chiqarishni rivojlantirishga va yangi ish joylarini vujudga keltirishga harakat 
qiladi.
23.4-chizma. Fillips egri chizig’i 
Fillips egri chizig‘ida ishsizlik va inflyatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik qisqa 
davrdagina amal qiladi. Agar inflyatsiya 5 yildan ortiq vaqt davom etsa, ishsizlik 
darajasi yanada oshib ketishi mumkin. Buni grafikda egri chiziqning o‘ng tomonga 
siljishida 
ko‘rish mumkin, bunda stagflyatsiya xolati kelib chiqadi 
(Stagflyatsiyaning ma‘nosi inflyatsiya davrida ishsizlikning o‘sishidir). 
Hozirda, nisbatan uzoq davrlar uchun Fillips egri chizig‘i o‘rniga ishsizlikning 
tabiiy darajasi nazariyasidan foydalanilmoqda. Bu nazariya uzoq davr mobaynida 
faqat tabiiy ishsizlik darajasidagina inflyatsiyani o‘rtacha sur‘atda ushlab turish 
mumkinligini bildiradi. Bu nazariya keyingi yillarda AQSh va Angliya xukumatlari 
tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llanilgan va buning natijasida mazkur mamlakatlarda 
inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlarini ancha pasaytirishga erishilgan. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin