Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
6.
 
Inflyatsiya, uning kelib chiqish sabablari va turlari 
Inflyatsiya (lotincha - shishirilgan) tushunchasi birinchi marta shimoliy 
Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida ishlatilgan va 
muomaladagi qog‘oz pullarning ko‘payib ketishini anglatgan. 
Iqtisodiy adabiyotlarda ―inflyatsiya‖ tushunchasi XX asrda, birinchi jahon 
urushidan keyin keng qo‘llanila boshlagan. 


363 
Inflyatsiya
- bu pul aylanish kanallarining ortiqcha pul massasi bilan to‘lib 
ketishi oqibatida narxlar o‘rtacha (umumiy) darajasining ko‘tarilib borishini va 
natijada milliy pul birligining qadrsizlanishi ya‘ni uning sotib olish layoqati 
pasayishini anglatadi.
Inflyatsiya narx darajasining barqaror o‘sishi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu 
barcha narxlarning bir vaqtda muqarrar o‘sib borishini bildirmaydi. Narxlar 
nomutanosib o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Biri tez o‘ssa, boshqasi ancha ma‘yoriy 
sur‘atda ortadi, uchinchisi umuman ko‘tarilmaydi.
Deflyatsiya
– inflyatsiyaga qarama-qarshi jarayonni, ya‘ni narxlarning 
umumiy darajasining pasayib borishini bildiradi. 
Inflyatsiya quyidagilarda namoyon bo’ladi: 

tovar (xizmat)larning mavjud taklifiga nisbatan muomaladagi naqd pullar 
yoki moliyaviy aktivlar hajmining haddan tashqari ortib ketishida; 

pulning sotib olish layoqatining pasayib borishida; 

narxlarning uzoq muddatli umumiy o‘sishida. 
Inflyatsiya – pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar 
narxlarining o‘sishida ko‘rinadi. 
Muomalada bo‘lgan pul birligi miqdorining tovarlar narxi summasidan oshib 
ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta‘minlanmagan pulning paydo bo‘lishi 
pulning qadrsizlanishi, ya‘ni inflyatsiyaga olib keladi. 
Qog‘oz pul tovarlarga, oltinga va o‘z qadrini, barqarorligini saqlab qolgan 
chet el valyutalariga nisbatan qadrsizlanadi.
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi.
Inflyatsiya sur‘ati – bu joriy davrdagi narxlarning (R
1
) bazis davrdagi 
narxlarga (R
o
) nisbatidir. 
1
100
o
o
P
Р
Pi
Р



Masalan, iste‘molchilik tovarlariga narx indeksi 2016 yil 113, 6; 2017 yil - 
118,3 ga teng bo‘lsa, inflyatsiya sur‘ati quyidagicha bo‘ladi. 


364 
Inflyatsiya sur’ati = 
%
1
,
4
100
*
6
,
113
6
,
113
3
,
118


 
Iqtisodiy tahlilda iste‘mol va investitsion tovarlar, YaIM, eksport va import 
tovarlari narx indekslaridan foydalaniladi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin