368
Qayd qilingan (doimiy) daromad oluvchilar real daromadi kamayadi, pul
jamg‘armalari qadrsizlanadi va pulga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar real
qiymati pasayadi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi nomutanosiblik kuchayadi,
xo‘jalik aloqalari buziladi.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol tovarlari
ishlab chiqaruvchi korxonalar iqtisodiy ahvoli og‘irlashadi.
Investitsiyalar foizining real stavkasi va foizli daromadlari kamayadi.
Bo‘sh pul mablag‘larining ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga
oqimi kuchayadi.
Byudjet daromadlari qadrsizlanadi va byudjet taqchilligi kuchayadi.
Davlatning ichki va tashqi qarzlari miqdori o‘sib boradi.
Milliy pul o‘z vazifasini bajarishdan to‘xtaydi, barter ayriboshlash o‘z
o‘rniga ega bo‘ladi.
Aholining ijtimoiy tabaqalashuvi, ijtimoiy-siyosiy tartibsizlik kuchayadi.
Inflyatsiya sharoitida ham uning oqibatlaridan aholining ayrim qatlamlari va
iqtisodiy munosabatlarining ayrim ishtirokchilari naf ko‘rishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: