Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Ishsizlik darajasi = ishsizlar soni/ishchi kuchi soni •100%



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Ishsizlik darajasi = ishsizlar soni/ishchi kuchi soni •100% 
Ishchi kuchi soni=Ishlovchilar yoki band bo‘lganlar + faol ish qidiruvchilar 
yoki ishsizlar. 
To‘liq bandlilik ishsizlikning tabiiy darajada mavjud bo‘lishini ko‘zda tutadi 
va u quyidagicha aniqlanadi. Ishsizlikning tabiiy yoki muqarrar darajasi = friktsion 
ishsizlar + tarkibiy ishsizlar. Friktsion va tarkibiy ishsizlik muqarrar mavjud bo‘lib 
turadigan ishsizlikdir. 
Ishsizlarning bunday tabiiy darajada muqarrar mavjud bo‘lishi, hamma 
resurslarning zaxirasi bo‘lganligi kabi, mehnat resurslarining ham zaxirasi sifatida 
qaraladi. Shunga ko‘ra ishsizlar soni tsiklik ishsizlarga teng bo‘ladi. 
Iqtisodchilarning fikriga ko‘ra ishsizlikning ―tabiiy‖ darajasi 3-5% atrofida 
bo‘lishi kerak. Lekin bu ko‘rsatkich turli mamlakatlarda o‘zining ob‘ektiv 
sharoitidan kelib chiqib, farq qiladi. Masalan, AQShda u 7% atrofida, chunki bu 
mamlakatda ishchi kuchining safarbarligi juda yuqori. Yaponiyada esa ishsizlik 
1% atrofida bo‘lsa to‘liq bandlikka erishilgan deb qaraladi. Yaponiyada bir umrlik 
asosida ishlash keng tarqalgan, demak ish kuchini safarbarligi past. 
Ishsizlikning ijtimoiy oqibati shunda ko‘rinadiki, uzoq vaqt ishsiz yurish 
kasbiy malaka va mahoratning yo‘qolishiga olib keladi. Ishsizlik kishilarni ruhan 


361 
zo‘riqtiradi, ba‘zi hollarda ishsizlar orasida jinoyatchilik keskin ortishi ham 
mumkin. 
Amerikalik iqtisodchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YaMM orqada qolishi 
o‘rtasidagi bog‘liqlik orqali uning iqtisodiy oqibatini miqdoriy aniqlagan. 
Ouken qonuniga ko‘ra ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 
1%ga yuqori bo‘lsa, YaMM (YaIM)ning orqada qolishi 2.5%ni tashkil qiladi, 
ya‘ni ular o‘rtasidagi nisbat quyidagicha bo‘ladi - 1:2.5; 2:5; 3:7.5 va h.k. 
 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin