Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Tijorat banklari
to‘la mustaqil, lekin ular real jalb qilgan resurslari 
miqyosidagina kredit bera oladi. Ixtisoslashgan tijorat banklar alohida sohalarda 
kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi. Jumladan,
investitsiya banklari 
iqtisodiyotning turli tarmoqlarini eng avvalo sanoat, savdo, transportni uzoq 
muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi, qimmatli qog‘oz chiqaradi va ularni 
investorlar o‘rtasida joylashtiradi. 
Uy-joy qurilish banki
aholining uy-joy qurilishini moliyalashtirish bilan 
shug‘ullanadi.
Ipoteka bank 
ko‘chmas mulkni garovga olib, uzoq muddatli kreditlar beradi. 
Innovatsiya banki
ilmiy texnikaviy loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan operatsiyalarni kreditlaydi. Shunga o‘xshash boshqa maxsus banklar ham 
u yoki bu ixtisoslashgan xizmat turini ko‘rsatadi. Tijorat va maxsus banklar 
faoliyatini, Markaziy bank nazorat qiladi. 
Respublikada ―bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining 
kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy 
barqarorligini va ishonchligini mustahkamlash
81
‖ga qaratilishi lozim. 
Kredit tizimida maxsus moliya-kredit muassasalari alohida o‘ziga xos 
mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Ko‘rsatilgan xizmati bir, ikki turda bo‘lib, ko‘pincha 
maxsus tavsifga ega bo‘ladi. Maxsus moliya-kredit institutlariga ikki tomonlama 
nazorat xos. Bir tomondan qarz berish, hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish 
tufayli Markaziy bank talablariga bo‘ysunadi. Ayrim paytlarda ular xalqaro 
muassasalar tomonidan qabul qilingan normativ xujjatlar asosida ish ko‘radilar. 
Moliya 
kredit 
istitutlarining 
o‘ziga 
xos 
turi 
pochta-jamg‘arma 
muassasalaridir. U mayda omonatchilarni jalb qilib mijozlarga pochta bo‘limlari 
orqali xizmat ko‘rsatiladi. Keyingi paytlarda pochta-jamg‘arma muassasalari 
orqali kredit-hisob operatsiyalarini amalga oshirish kengayib bormoqda. 
81
Мирзиѐев Ш.М..
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта 
устувор йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. 
www.lex.uz


412 
Maxsus moliya-kredit muassasalari tizimida lizing, faktoring firmalari odatda 
lizing va faktoring operatsiyalarni amalga oshiradi. Faktoring firmalari 
mijozlarining boshqalarga bergan qarzlarini undirishni o‘z zimmasiga oladi va shu 
qarz ustidan ularga universal moliya xizmati ko‘rsatadi. Konfentsial faktoringda 
esa ayrim operatsiyalar, jumladan qarzni to‘lash, pul olish xuquqlari chegaralangan 
bo‘ladi. Lizing firmalari investitsion tovarlarni ijaraga berish bilan shug‘ullanadi. 
Lizing kompaniyalarda lizing operatsiyalarini o‘tkazish uchun o‘z mablag‘lari 
etishmaydi shu sababli, ko‘pchilik bunday operatsiyalarda jalb qilingan mablag‘lar 
keng qo‘llaniladi. Bunda odatda bankning uzoq muddatli kreditlaridan 
foydalaniladi. 
Lombardlar ko‘chirib bo‘ladigan mol-mulk evaziga kredit beradi. Ular mol-
mulkni saqlash, hamda garovga qo‘yish, belgilangan muddatda qaytarib olinmagan 
mulkni komission vositachilik asosida sotishni ham amalga oshiradi.
Kredit birlashmalari-xususiy shaxslar guruhi yoki mayda kredit muassasalari 
tomonidan tashkil etiladi. Ular ikki turda bo‘lishi mumkin: 

Jismoniy shaxslar guruhi tomonidan kasbi yoki hududiy jihatiga qarab, 
qisqa muddatli iste‘mol krediti berish maqsadida tashkil etiladi. 

Mustaqil mayda kredit muassasalari ixtiyoriy tarzda birlashuvi tufayli 
tashkil etiladi. Ularning mablag‘lari paychilik yoki a‘zolik badallari va zayomlar 
chiqarish bilan shakllanadi. Mazkur muassasalarning asosiy operatsiyalari 
omonatlarini jalb etish, zayomlar chiqarish, o‘z a‘zolariga qarz berish, veksellarni 
hisob-kitob qilish, savdo vositachiligi, komission operatsiyalar, maslahat va 
auditorlik xizmatlari ko‘rsatishdan iborat. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin