Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
6.
 
Pul multiplikatori 
Bank tizimi mamlakatdagi pul massasini o‘zgartirish layoqatiga ega bo‘ladi. 
Davlat bankining emission faoliyatidan qat‘iy nazar pul massasi hajmi tijorat 
banklari kreditlari hisobiga ko‘payadi. Banklar ssuda berganda pul massasi 
ko‘payadi, aksincha mijozlar olgan qarzni kamaytirganda pul massasi kamayadi. 
Biroq bitta alohida bank pul massasini ko‘paytira olmaydi, barcha banklar 
birgalikda bunday imkoniyatga ega bo‘ladi. 
82
Campbell R. McConnell ―Economics‖ Principles, Problems, and Policies. P. 258-285 


414 
Bu jarayonni quyidagicha tushuntirish mumkin. Aytaylik ―A‖bankning 
aktivlari 200000 mln so‘m bo‘lsin, bank uning bir qismini ehtiyot tarzda Markaziy 
bankda saqlashi lozim. U asosiysi majburiyat bo‘yicha to‘lovga qobiliyatsizlik 
xatarini kamaytirishga qaratiladi. Uning minimal miqdori Markaziy bank 
tomonidan majburiy ehtiyot normasi sifatida o‘rnatiladi va pul massasi va shu 
orqali tartibga solish vazifasini bajaradi. 
Agar bankning majburiyatlari 200000 mln so‘m bo‘lib, undan 40000 mln 
so‘mini majburiy extiyotlarni tashkil etsa, uning normasi 20% ni tashkil etadi. 
Bu normani Markaziy bank davlatning pul-kredit siyosatidan kelib chiqib 
belgilaydi. Tijorat banklar zarur extiyotlardan ortiq mablag‘larini boshqa banklarga 
qarzga beradi. 
Agar ehtiyot normasi 20% deb olsak, ―A‖bank 40000mln so‘mni majburiy 
ehtiyot sifatida saqlaydi, 160000mln so‘mni mijozlarga ssudaga berishi mumkin. 
Bank kredit berganda bu summani mijozning joriy hisobiga o‘tkazadi. Ssuda olgan 
tadbirkor o‘z navbatida sotib olgan tovari uchun chekni xizmat ko‘rsatuvchi 
―B‖bankka o‘tkazadi. Natijada ―B‖bankda 160000mln so‘m yangi pul massasi 
paydo bo‘ldi 
―B‖ bank bu pulning 32000mln so‘mini extiyotga o‘tkazib, qolgan 
128000mln so‘mini qarzga berishi mumkin. Bu jarayon to‘xtovsiz davom etib 
natijada butun banklar tizimi tomonidan yaratilgan pul massasi miqdoran 
to‘xtovsiz ortib boradi. 


415 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin