475
MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy mamlakatlarning respublika tashqi
savdosidagi ulushi
(2016 y. foizda)
29.1-jadval
Respublika tashqi savdosi tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar.
Keyingi
yillarda eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor mahsulot salmog‘ining barqaror
o‘sish tamoili va xomashyo etkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining
kamayib borayotganida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2016 yilda umumiy eksport
hajmida xomashyo bo‘lmagan tovarlarning ulushi 70%dan ziyodni tashkil etdi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston uchun an‘anaviy eksport xomashyosi bo‘lgan paxta
tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20% dan, 2016 yilda 5,2% ga tushdi
91
.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy
Osiyo davlatlari va MDH
mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish tashqi
siyosatning asosiy yo‘nalishlaridandir. O‘zbekiston Hamdo‘stlik davlatlari muas-
sasalari - Davlatlararo iqtisodiy ko‘mita, Davlatlararo bank va boshqa
muassasalarni tashkil etishda faol qatnashmoqda. MDHdagi mamlakatlar (Rossiya,
Ukraina, Belorus, Moldova va boshqalar) bilan
ikki tomonlama tashqi siyosiy,
savdo-iqtisodiy va boshqa shartnoma hamda bitimlar amal qilmoqda.
91
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг
йўллари ва чоралариi. – T.: Ўзбекистон 2009, 16-17 бетлар
476
Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda iqtisodiyotga xorijiy
sarmoyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratishga hamda zarur bo‘lgan
tashkilot va muassasalar tuzishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga
tavakkalchilik xatarlari keltiriladigan zararni qoplaydigan «O‘zbekinvest» milliy
sug‘urta
kompaniyasini, turli qo‘shma sug‘urta kompaniyalarini, Vazirlar
Mahkamasi huzurida BMT bilan birgalikda tashkil qilingan investitsiyalarga
ko‘maklashuvchi
xizmatni, Davlat mulk ko‘mitasi huzuridagi ko‘chmas mulk va
xorijiy investitsiyalar agentligi kabilarni kiritish mumkin. Bu muassasa va
tashkilotlar hamda respublikada vujudga keltirilgan tegishli tuzilmalar xorijiy
investorlar uchun qulay huquqiy-me‘yoriy
sharoitlarni yaratib, ularning huquq-
larini himoya qiladi va sarflangan sarmoyasini kafolatlaydi.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMTning respublikada
amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida
amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo‘ladi.
Evropa Ittifoqiga a‘zo bo‘lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo
sohasidagi
hamkorlik, NATOning «Tinchlik yo‘lidagi sheriklik» dasturida
mamlakatimiz ishtiroki uning jahon xo‘jaligi qo‘shilishning navbatdagi
yo‘nalishidir. Jumladan, Evropa Ittifoqi bilan Respublikamiz o‘rtasida imzolangan
Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (1996 yil iyun) tashqi iqtisodiy
faoliyatning ustuvor yo‘nalishidir;
O‘zbekistonning Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi
iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi navbatdagi yo‘nalishdir. Bu yo‘nalishda
XVF bilan tizimli qayta qurilishlarni mablag‘ bilan ta‘minlash,
tizimli va
makroiqtisodiy siyosat sohasidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash Dasturlari
ma‘qullangan.
Jahon bank tashkilotlari - Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XRTB),
Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va
Investittsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) bilan hamkorlik
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol
o‘ynaydi. Xususan XRRB yo‘li bilan O‘zbekistonga paxta
etishtirish usullarini
477
zamonaviylashtirib, uning jahon bozoriga chiqishiga ko‘maklashish va
unumdorlikni oshirish uchun asos yaratish maqsadida salmoqli mablag‘ ajratilgan.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ham O‘zbekistonda bir qator loyihalarni
amalga oshirishda ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy va savdo faoliyatida Osiyo rivojlanishi
Banki (ORB) hamda jahon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorlik istiqbolli
yo‘nalishlardan hisoblanadi.
Shunday qilib, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishida
dunyo
mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik hal qiluvchi
o‘ringa ega bo‘lib, bu milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvini kuchaytiradi
hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko‘tarishning asosiy tashqi omillari
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: