Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi.
1.
Psixik rivojlanish haqida
tushuncha
2.
Psixik rivojlanishni davrlashtirish nazariyalari
3.
Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi.
Psixik rivojlanish va bu o‘zgarishlarga sabab bo‘luvchi omillarning
qonuniyatlarini o‘rganish yosh davrlari psixologiyasining muhim muammolaridan
biridir
.
Angliyalik olim J.Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloqning ruhini oppoq
paxtaga o‘xshatadi. Oppoq paxtaga nimalarni yozish kattalarga bog‘liq
ekanligini
ta’kidlaydi. Inson biror bir faoliyat davomida shakllanib boradi. Psixologiyada yosh
davrlarini tabaqalashning turli usullari mavjuddir. Har bir yosh davri o‘ziga xosligi
bilan ajralib turadi. Har bir davrda o‘ziga xos o‘zgarishlar, rivojlanishlar, psixik
jihatdan sifatlarning hosil bo‘lishi bilan farqlanadi. Insonning yoshi psixik
rivojlanishi qonunlari ontogenezini о‘zlashtirib olish о‘qituvchiga о‘quvchilarni
о‘qitish va tarbiyalash malakalari bо‘yicha pedagogik ishlarni maqsadga muvofiq
tashkil etishga uni ilmiy yо‘nalishida
olib borishga, о‘z-о‘zidan borayotgan
jarayonni kо‘p jihatdan boshqariladiganga aylantirish imkonini beradi. Bunday
bilimlar har qanday ota-ona uchun ham kerakdir.
Maktab o‘quvchisining psixik
rivojlanishi murakkab jarayondir.
Yosh va pedagogik
psixologiyaning haqiqiy
birligi-inson ontogenezda rivojlanuvchi va о‘zgaruvchi о‘rganish, obyektidir. U
yosh psixologiyasida rivojlanish qonuniyatlarini borishida ishtirok etadi. Pedagogik
psixologiyada esa pedagogning maqsadga muvofiq harakatlari jarayonida о‘qitish
va tarbiyalovchi vosita sifatida ishtirok etadi». Pedagogik psixologiya —
tarbiyaning psixologik muammolarini о‘rgatuvchi psixologiya fanining sohasi, yosh
psixologiyasi esa — inson psixikasi rivojlanishining yosh bosqichlarini о‘rganadi.
Yosh davrlari psixologiyasi
– psixologiya fanining inson rivojlanishining yosh
davrlari xususiyatlarini о‘rganuvchi sohasidir. Uning tadqiqot predmeti – inson
psixikasining yosh bilan bog‘liq о‘zgarishlari, psixik jarayonlar ontogenezi
(organizmning individual rivojlanishi) va rivojlanayotgan odam shaxsiyatining
psixologik sifatlaridan iborat. Yosh psixologiyasi
psixik jarayonlardagi yosh
xususiyatlari, bilimlarni egallashda yosh imkoniyatlari, shaxs kamolotining asosiy
omillari va boshqalarni о‘rganadi. Yosh psixologiyasi pedagogik psixologiya bilan
uzviy bog‘liq.
Pedagogik psixologiyaning fani predmeti – ta’lim va tarbiyaning psixologik
qonuniyatlarini о‘rganishdan iborat. Yosh va pedagogik psixologiyaning
umumiyligi bola, о‘smir, о‘spirin kabi umumiy о‘rganish obyektlari bilan
izohlanadi. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya ta’lim
va tarbiya jarayonida
bolani о‘rganish bilan о‘zaro uzviy birlikni tashkil etadi.
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-
biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni – ulg‘ayib
borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi.
Ontogenez- (yunoncha “ontos” mavjud, jon, zot, “genezis”- kelib chiqish, paydo
bо‘lish) - individning paydo bо‘lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish
jarayonidir.
Psixologlari L.S.Vigotskiy, L.I.Bojovich, D.B.Elkonin, A.A.Lyublinskaya,
V.A.Kruteskiy, A.V.Petrovskiylar ham yosh davrlarini o‘ziga xos tabaqalash
nazariyalarini yaratdilar. Ular orasida D.B.Elkoninning tasnifi alohida о‘rin tutib,
yetakchi faoliyat nazariyasiga asoslanadi.
1) Gо‘daklik davri
– tug‘ilgandan 1 yoshgacha asosiy faoliyat –
bevosita
emotsional muloqot hisoblanadi.
2) Ilk bolalik davri
– 1 yoshdan 3 yoshgacha asosiy faoliyat – predmetli
faoliyatni tashkil etadi.
3) Maktabgacha davr
– 3 yoshdan 7 yoshgacha asosiy faoliyat – rolli о‘yinlar.
4) Kichik maktab yoshi davri
– 7 yoshdan 10 yoshgacha asosiy faoliyat –
о‘qishdan iborat.
5) О‘smirlik davri
– 10 yoshdan 15 yoshgacha asosiy faoliyat – muloqotdir.
6) Ilk о‘spirinlik davri
– 15 yoshdan 18 yoshgacha asosiy faoliyat – о‘qish va
kasb tanlash.
Tarbiya va ta’limning yosh xususiyatlariga bog‘liq jihatlari qadimgi davrlardan
buyon о‘rganiladi. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning
ikkinchi yarmida shakllandi. Bu psixologiya faniga genetik g‘oyalarning kirib
kelishi bilan bog‘liqdir. Yosh psixologiyasi fanining rivojlanishiga mashhur rus
pedagogi K.D.Ushinskiyning «Inson – tarbiya predmeti sifatida» degan asari katta
hissa qо‘shgan edi. Yosh psixologiyasi fanining rivojlanishiga ingliz olimi Charliz
Darvinning evolyutsion g‘oyalari jiddiy ta’sir kо‘rsatdi. Psixologiya tomonidan
о‘rganiladigan omillarining reflektor mohiyatini tushunish
uchun psixik faoliyat
ahamiyatini mashhur fiziolog olim I.M.Sechenov ham ta’kidlab о‘tgan. Yosh va
pedagogik psixologiyada Veber va Fexnerning psixofizik kashfiyoti, Ebbingauzning
xotiraga oid tadqiqoti, G.Gelmgolsning sezgi organlarining psixofiziologiyasiga oid
ishi, V.Vundt tomonidan fiziologik psixologiya hissiyoti va harakatlarining
о‘rganilishi va boshqalar asosiy ahamiyatga ega.
Nazorat savollari:
1.Psixik rivojlanish nima?
2. Psixik rivojlanish qanday davrlarga bo’linadi?