Topshiriq Ushbu ishda talaba bо‘lishi mumkin bо‘lgan ixtiyoriy xavfli hodisani
sabablari va oqibatlarini “Sabab-oqibat” tahlili usulida aniqlaydi. Ularni oldini olish
va oqibatlarini kamaytirish choralarini ishlab chiqadi. Berilgan nazorat savollariga
javob yozadi.
Nazorat savollari 1. “Sabab-oqibat bochka” tahlili tushunchasiga ta’rif bering.
2. “Sabab-oqibat bochka” tahlilida kо‘rsatilgan omillarini tushuntiring.
3. Ushbu usulni amalga oshirish tartibi qanday?
4. Usulning afzallik va kamchiliklarini tushuntirib bering?
4-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Risklarni baholash usullari. Riskni “Nosozliklar-daraxti” usuli yordamida tahlili Ishdan maqsad: Nosozliklar-daraxti usulidan foydalangan holda axborot
xavfsizligidagi risklarni baholashni o‘rganishdan iborat.
Qisqacha nazariy ma’lumot Rad etish daraxtining tahlili(FTA) – bu tadqiq qilinayotgan kutilmagan
hodisaninng paydo bо‘lishiga yordam beruvchi omillarni aniqlash va tahlil etish
usulidir. Tadqiq qilinayotgan omillar ajratish(deduksiya) yordamida aniqlanib,
mantiqiy tarzda quriladi hamda ushbu omillar va ularning oxirgi voqea bilan
mantiqiy aloqasi diogrammada daraxt kо‘rinishida aks ettiriladi.
Rad etish daraxtida kо‘rsatilgan omillar - kompyuter uskunalari ishlamay
qolishi bilan bog‘liq hodisalar, inson xatolari yoki kutulmagan holatga olib kelishi
mumkin bо‘lgan boshqa hodisalar bо‘lishi mumkin.
Nosozliklarni tahlil qilish usuli nomaqbul hodisaga olib keladigan omillarni
aniqlash va tahlil qilish uchun foydalaniladi. O'rganilgan omillar ular yuzaga kelishi
mumkin bo'lgan ketma-ketlikda joylashtiriladi va mantiqiy bog'liqdir. Ushbu omillar
turli xil uskunalarning ishlamay qolishi bog'liq hodisalar bo'lishi mumkin, masalan,
kompyuter dasturiy ta'minoti xodimlarning xatolari yoki boshqa hodisaga ko’ra
ishdan chiqdi. Ushbu usulni qo'llash o'rganilayotgan tizimni, uning qanday
muvaffaqiyatsizlikka uchrashini va istalmagan hodisaga nima olib kelishi
mumkinligini yaxshi bilishni talab qiladi. Nosozliklarni tahlil qilish usuliining
batafsil diagrammasini yaratish juda foydali bo'lishi mumkin. Bundan tashqari,
o'rganilayotgan salbiy voqea ehtimolini hisoblash imkonini beradi. Bu nosozliklar
daraxtida tasvirlangan barcha hodisalar ehtimoli haqida ma'lumotni talab
qiladi
.N
osozliklar daraxtining tahlili bir vaqtning o'zida bir nechta voqealar sodir
bo'lishi mumkin bo'lgan tekshirilayotgan yakuniy voqea va vaziyatlarning vujudga
kelish yo'llarini vizual ravishda taqdim etadi. Shuningdek yakuniy voqea ehtimolini
baholash imkonini beradi.