2-Amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Riskni “Galstuk-Babochka” usuli yordamida tahlili
Ishdan maqsad:
“Galstuk-Babochka”
usulidan
foydalangan holda axborot
xavfsizligidagi risklarni baholashni o‘rganishdan iborat
Qisqacha nazariy ma’lumot
Ushbu usul o‘rganilayotgan salbiy hodisaning
sababdan oqibatga qadar
rivojlanishini grafik tavsiflash va tahlil qilishdir.
Bu usulda asosiy e’tibor sabablar
va xavfli hodisalar, xavfli hodisa va oqibatlar orasidagi to’siqlarga qaratilgan. Bu
usuldagi tahlil bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlar va oqibatlar oralig’ini ko’rsatish
asosida risklarni o’rganish uchun foydalaniladi. Bundan aniq bir riskni o’rganish va
uni boshqarishda samarali hisoblanadi. Sabablar
va oqibatlarga risklarni
dekompozitsiyalash risk amalga oshganda zarar darajasi va ehtimolligini baholash
hamda risklar orasidagi o’zaro bo’gliqliklarni aniqlash imkonin beradi.
Usulda
kiruvchi ma’lumotlar to’siqlar, risklar, xavfli hodisalarning oqibatlari va sabablari
hamda ularni kamaytirish yoki oldini olish haqidagi axborot hisoblanadi.
Ushbu usulning asosiy yo‘nalishi tekshirilayotgan hodisaga qarshi choralar va uni
keltirib chiqaradigan sabablarga qaratilgan.
Ushbu usulni amalga oshirish quyidagi bosqichlarni ajratishi mumkin:
1. Grafik markazida tahlil qilish uchun hodisani aniqlash.
2. Tekshirilayotgan hodisaga olib kelishi mumkin bo'lgan sabablar ro'yxatini
tuzish.
3. Tekshirilayotgan voqea oldidan vaziyatning rivojlanish mexanizmini
tahlil
qilish
4. Hodisaning rivojlanishiga olib keladigan
omillar va uning oqibatlari
tavsiflanishi mumkin.
“Galstuk-babochka” tahlilini o'tkazish orqali biz xavfli hodisalar va ularning
oqibatlarning oldini olish , yumshatish yoki kutilayotgan hodisalarni kuchaytirish,
tezlashtirishga yo'naltirilgan xavfli voqealar va to'siqlarning asosiy yo'llarini aniq
ko'rsatadigan oddiy diagramma kiritamiz (tekshirilayotgan voqea ijobiy bo'lgan
taqdirda).
So‘ngi paytlarda axborot texnologiyalari sohasida
axborot xavfsizligi bilan
bog‘liq judayam ko‘plab xavf-xatarlar mavjud va ularning
soni kun sayin oshib
bormoqda. Bu xavf-xatarlarni oldindan aniqlab, ularga mos choralar ko‘rish uchun
turli tahlil usullari ishlab chiqilgan. Bu usullar axborot xavfsizligi xavf-xatarlarini
minimal darajada kamaytirish imkonini beradi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan tahlil
usullaridan biri bu “Galstuk-babochka” hisoblanadi.
Usul Sababdan oqibatgacha
xavfli hodisani rivojlanish yо‘llarini tahlili va sxematik
tavsiflashni amalga
oshiradi(2.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: