72
-
tashkilot ichida yoki tashqarisida qog’ozlarni yoqish uchun maxsus joy
bo’lishi talab etiladi;
-
agar yonish yuqori sharoitda maxsus qozonxonalarda amalga
oshirilmasa, qattiq bosilgan papkalarni to’liq yonmaslik ehtimoli mavjud;
-
olovni yoqish, qog’ozlarni yuklash va tushirish ortiqcha xarajat talab
etadi.
Ko’mish.
Ushbu usul avvallari keng foydalanilgan usul hisoblansada, hozirda
kamdan-kam hollarda foydalaniladi. Ushbu usul qog’oz ma’lumotlarni to’liq yo’q
qilish imkoniyatini bermaydi. Iqlimi quruq hududlarda qozog’ ma’lumotlarni yo’q
bo’lishi uchun uzoq vaqt talab etiladi.
Kimyoviy ishlov berish.
Yuqori maxfiylik darajasiga ega hujjatlarni yo’q
qilishda yuqorida keltirilgan usullar to’liq kafolatni ta’minlamaydi. Kimyoviy usul
esa qog’oz ko’rinishidagi axborotni 100% ishonchlik bilan yo’q qilish imkonini
beradi. Buning uchun maxsus kimyoviy modda va suvdan foydalaniladi. Hosil
qilingan massani tiklashning umuman imkoni mavjud emas. Ushbu usulning yagona
kamchiligi uning narxi yuqoriligi va maxsus joy talab etilishi.
Dostları ilə paylaş: