Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv
2.1.2. Kodlash va shifrlash orasidagi farq Aksariyat hollarda foydalanuvchilar ma’lumotni
shifrlash va
kodlash tushunchalarini bir xil deb tushunishadi. Aslida ular turlicha tushunchalardir.
Kodlash – ma’lumotlarni osongina asliga qaytarish uchun hammaga (hattoki
hujumchiga ham) ochiq bo’lgan sxema yordamida ma’lumotlarni boshqa formatga
o’zgartirish. Kodlash ma’lumotlardan foydalanish qulayligini ta’minlash uchun
amalga oshiriladi va hamma uchun ochiq bo’lgan sxemalardan foydalaniladi.
Masalan,
ASCII, UNICODE, URL Encoding, base64 . Quyidagi 6-rasmda
ASCII standarti asosida kodlash sxemasi keltirilgan.
Shifrlash jarayonida ham ma’lumot boshqa formatga o’zgartiriladi. Biroq, uni
faqat ma’lum shaxslar (deshifrlash kalitiga ega bo’lgan) qayta o’zgartirishi mumkin
bo’ladi. Shifrlashdan asosiy maqsad ma’lumotni maxfiyligini ta’minlash bo’lib, uni
qayta o’zgartirish ba’zi shaxslar (deshifrlash kalitiga ega bo’lmagan) uchun
cheklangan bo’ladi.
Dekodlash jarayoni ham deshifrlash jarayoni kabi kodlash uchun teskari
jarayon hisoblanib, biror ochiq sxema yordamida o’zgartirilgan ma’lumotlar xuddi
shu sxema asosida teskarisiga o’zgartiriladi [18]. Masalan, ASCII asosida “Z” ni 16
sanoq tizimiga o’zgartirilganda (kodlaganda) u “5A” ga teng bo’lgan bo’lsa, “5A”
ni dekodlash jarayonida u “Z” ga qayta o’zgartiriladi.