О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik o’rtasidagi farq



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

1.1.3.
Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik o’rtasidagi farq 
“Kiberxavfsizlik” va “axborot xavfsizligi” atamalaridan, tez-tez o’rnilari 
almashingan holatda, foydalaniladi. Ba’zilar kiberxavfsizlikni axborot xavfsizligi, 
axborot texnologiyalari xavfsizligi va (axborot) risklarni boshqarish tushunchalariga 
sinonim sifatida foydalanadilar. Ayrimlar esa, xususan, hukumat sohasidagilar 
kiberxavfsizlikka kompyuter jinoyatchiligi va muhim infratuzilmalar himoyasini o’z 
ichiga olgan milliy xavfsizlik bilan bog’liq bo’lgan texnik tushuncha sifatida 
qaraydilar. Turli soha xodimlari tomonidan o’z maqsadlariga moslashtirish holatlari 
mavjud bo’lsada, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tushunchalari orasida ba’zi 
muhim farqlar mavjud. 
Axborot xavfsizligi
sohasi axborotning ifodalanishidan qat’iy nazar – qog’oz 
ko’rinishdagi, elektron va insonlar fikrlashida, og’zaki va vizual aloqada intelektual 
huquqlarini himoyalash bilan shug’ullanadi. 
Kiberxavfsizlik
esa elektron shakldagi 
axborotni (barcha holatlardagi, tarmoqdan to qurilmagacha bo’lgan, o’zaro birga 
ishlovchi tizimlarda saqlanayotgan, uzatilayotgan va ishlanayotgan axborotni) 
himoyalash bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari, hukumatlar tomonidan 
moliyalashtirilgan hujumlar va rivojlangan doimiy tahidlar (Advanced persistent 
threats, APT) ham aynan kiberxavfsizlikka tegishlidir. Qisqacha aytganda
kiberxavfsizlikni axborot xavfsizligining bir yo’nalishi deb tushunish uni to’g’ri 
anglashga yordam beradi [15]. 
1.1.4. Kiberxavfsizlikning bilim sohalari 
CSEC2017 JTF manbasiga ko’ra kiberxavfsizlik 8 ta bilim sohasiga bo’lingan 
bo’lib, o’z o’rnida ularning har biri qismsohalarga bo’linadi (3-rasm) [16]. 


12 
KIBERXAVFSIZLIK
Ma’lumotlar 
xavfsizligi
Dasturiy ta’minot 
xavfsizligi
Tashkil etuvchilar 
xavfsizligi
Ijtimoiy xavfsizlik
Tashkilot xavfsizligi
Tizim xavfsizligi
Aloqa xavfsizligi
Inson xavfsizligi
3-rasm. Kiberxavfsizlikning bilim sohalari 

Ma’lumotlar xavfsizligi
” bilim sohasi ma’lumotlarni saqlash, ishlash va 
uzatishda himoyani ta’minlashni maqsad qiladi. Mazkur bilim sohasida himoyani 
to’liq amalga oshirish uchun matematik va analitik algoritmlardan foydalaniladi.

Dasturiy ta’minot xavfsizligi
” bilim sohasi foydalanilayotgan tizim yoki 
axborot xavfsizligini ta’minlovchi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va 
foydalanish jarayoniga e’tibor qaratadi. 

Tashkil etuvchilar xavfsizligi
” bilim sohasi katta tizimlarda integrallashgan 
tashkil etuvchilarni loyihalashga, sotib olishga, testlashga, tahlillashga va texnik 
xizmat ko’rsatishga e’tibor qaratadi. Tizim xavfsizligi gohida tashkil etuvchilar 
xavfsizligidan farq qiladi. Tashkil etuvchilar xavfsizligi ularning qanday 
loyihalanganligiga, yaratilganligiga, sotib olinganligiga, boshqa tarkibiy qismlar 
bilan bog’langanligiga, qanday ishlayotganligiga va saqlanayotganligiga bog’liq 
bo’ladi. 

Aloqa xavfsizligi
” bilim sohasi tashkil etuvchilar o’rtasidagi aloqani 
himoyalashga etibor qaratib, o’zida fizik va mantiqiy ulanishni mujassamlashtiradi. 

Tizim xavfsizligi
” bilim sohasi tashkil etuvchilar, ulanishlar va dasturiy 
ta’minotdan iborat bo’lgan tizim xavfsizligining jixatlariga e’tibor qaratadi. Tizim 
xavfsizligini tushunish uchun nafaqat, uning tarkibiy qismlari va ularning 
bog’lanishini tushunish, balki yaxlitlikni hisobga olish talab etiladi. Ya’ni, tizimni 


13 
to’liqligicha ko’rib chiqish talab etiladi. Mazkur bilim sohasi “Tashkil etuvchilar 
xavfsizligi” va “Aloqa xavfsizligi” bilim sohalari bilan bir qatorda, tashkil etuvchilar 
bog’lanishining xavfsizligi va undan yuqori tizimlarda foydalanish masalasini hal 
qiladi. 

Inson xavfsizligi
” bilim sohasi kiberxavfsizlik bilan bog’liq inson hatti 
harakatlarini o’rganishdan tashqari, tashkilotlar (masalan, xodim) va shaxsiy hayot 
sharoitida ma’lumotlarni va shaxsiylikni himoya qilishga e’tibor qaratadi. 

Tashkilot xavfsizligi
” bilim sohasi tashkilotni kiberxavfsizlik tahdidlaridan 
himoyalash va tashkilot vazifasini muvaffaqqiyatli bajarishini madadlash uchun 
risklarni boshqarishga e’tibor qaratadi.

Ijtimoiy xavfsizlik
” bilim sohasi jamiyatda u yoki bu darajadagi ta’sir 
ko’rsatuvchi kiberxavfsizlik omillariga e’tibor qaratadi. Kiberjinoyatchilik, 
qonunlar, axloqiy munosabatlar, siyosat, shaxsiy hayot va ularning bir-biri bilan 
munosabatlari ushbu bilim sohasidagi asosiy tushunchalar hisoblanadi.
Demak, aytish mumkinki, kiberxavfsizlik sohasi axborot texnologiyalari 
mutaxassislari uchun zarur soha hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin