О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


 BOB. KIBERXAVFSIZLIKNING ASOSIY TUSHUNCHALARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

1 BOB. KIBERXAVFSIZLIKNING ASOSIY TUSHUNCHALARI 
1.1. Konfidentsiallik, yaxlitlik va foydalanuvchanlik tushunchalari 
Axborotni ishlash, uzatish va to’plashning zamonaviy usullarining 
rivojlanishi foydalanuvchilar axborotini yo’qolishi, buzilishi va oshkor etilishi bilan 
bog’liq tahdidlarning ortishiga olib kelmoqda. Shu sababli, kompyuter tizimlari va 
tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash axborot texnologiyalari rivojining 
yetakchi yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. 
1.1.1. Axborot xavfsizligining hayotiy timsollari 
Axborot xavfsizligi hayotda mavjud timsollarga asoslanadi. Hayotda faqat 
qonuniy faoliyat olib boruvchi shaxslar mavjud, ular 1-rasmda 
Alisa
va 
Bob
timsolida akslantirilgan. Biroq, hayotda qonuniy faoliyat yurituvchi insonlarning 
faoliyatiga qiziquvchi, ularning ishlariga xalaqit beruvchi bo’lgan insonlar ham 
mavjud va ular 1-rasmda 
Tridi
timsolida tasvirlangan. Tridi timsoli barcha g’arazli 
niyatlarni amalga oshiruvchi shaxslarni ifodalaydi [5]. 
Bob
Alisa
Tridi
Tizim
1-rasm. Axborot xavfsizligining hayotdagi timsollari
 
O’quv qo’llanmaning keyingi bo’limlarini yoritishda quyidagi hayotiy 
ssenariyni ko’raylik. Ushbu hayotiy ssenariy 
Alisaning onlayn banki (AOB) 
deb 
ataladi. Bunga ko’ra, Alisa onlayn bankning biznes faoliyatini amalga oshiradi. 



Mazkur ssenariyda Alisaning xavfsizlik muammosi nima? Alisaning mijozi bo’lgan 
Bobning xavfsizlik muammosichi? Alisa va Bobning xavfsizlik muammolari bir 
xilmi? Tridi nuqtai nazaridan qaraganda qanday xavfsizlik muammolari mavjud? 
Ushbu savollarga keyingi qismlarda javob berib o’tiladi. 
1.1.2. Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari 
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalash va axborot 
xavfsizligiga tegishli bo’lgan ayrim tushunchalar bilan tanishib chiqaylik. 
Kiberxavfsizlik
hozirda yangi kirib kelgan tushunchalardan biri bo’lib, unga 
berilgan turlicha ta’riflar mavjud. Xususan, CSEC2017 Joint Task Force manbasida 
kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif berilgan [1]: 
kiberxavfsizlik – hisoblashlarga 
asoslangan bilim sohasi bo’lib, buzg’unchilar mavjud bo’lgan sharoitda amallarni 
to’g’ri bajarilishini kafolatlash uchun o’zida texnologiya, inson, axborot va 
jarayonlarni mujassamlashtiradi. U xavfsiz kompyuter tizimlarini yaratish, amalga 
oshirish, tahlillash va testlashni o’z ichiga oladi. Kiberxavfsizlik ta’limning 
mujassamlashgan bilim sohasi bo’lib, qonuniy jihatlarni, siyosatni, inson omilini, 
etika va risklarni boshqarishni o’z ichiga oladi.
Tarmoqlar 
sohasida 
faoliyat 
yuritayotgan 
Cisco 
tashkiloti 
esa 
kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif bergan [2]: 
Kiberxavfsizlik – tizim, tarmoq va 
dasturlarni raqamli hujumlardan himoyalash amaliyoti. Ushbu kiberxujumlar 
odatda maxfiy axborotni boshqarish, almashtirish yoki yo’q qilishni; 
foydalanuvchilardan pul undirishni; normal ish faoliyatini buzishni maqsad qiladi. 
Hozirgi kunda samarali kiberxavfsizlik choralarini amalga oshirish insonlarga 
qaraganda qurilmalar soni va turlarining kattaligi va buzg’unchilar salohiyatini 
ortishi natijasida amaliy tomondan murakkablashib bormoqda.
Kiberxavfsizlik bilim sohasining zaruriyati birinchi meynfreym kompyuterlar 
ishlab chiqarilgandan boshlab paydo bo’la boshlagan. Bunda mazkur qurilmalarni 
va ularning vazifalari himoyasi uchun ko’p qatlamli xavfsizlik choralari amalga 
oshirilgan. Milliy xavfsizlikni ta’minlash zaruriyatini oshib borishi kompleks va 
texnologik murakkab ishonchli xavfsizlik choralarini paydo bo’lishiga olib keldi.



Hozirgi kunda axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan har bir 
mutaxassisdan kiberxavfsizlikning fundamental bilimlariga ega bo’lishi talab etiladi. 
Demak, kiberxavfsizlik fani sohasining tuzilishini quyidagicha tasvirlash mumkin 
(2-rasm). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin