О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


 Dasturiy vosita xavfsizligining fundamental prinsiplari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/149
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#202059
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini riv

6.2. Dasturiy vosita xavfsizligining fundamental prinsiplari 
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqqanda va foydalanganda qator prinsiplarga 
amal qilish talab qilinadi. Quyida OWASP tashkiloti tomonidan taqdim qilingan 
prinsiplar keltirilgan: 
Hujumga uchrashi mumkin soha maydonini minimallashtirish. 
Dasturiy 
ta’minotga qo’shilgan har bir xususiyat umumiy holda dasturga ma’lum miqdordagi 
xavf darajasini qo’shadi. Dasturni xavfsiz amalga oshirishning maqsadi bu – hujum 
bo’lishi mumkin bo’lgan sohani kamaytirish orqali umumiy dasturdagi xavfni 
kamaytirishdir. Masalan, veb saytlarda onlayn yordamni amalga oshirish uchun 
qidirish funksiyasi mavjud. Biroq, ushbu imkoniyat veb saytga SQL – ineksiya 
hujumi bo’lishi ehtimolini keltirib chiqarishi mumkin. Agar qidiruv imkoniyati 
autentifikasiyadan o’tgan foydalanuvchilar uchun bo’lsa, u holda hujum bo’lishi 
ehtimoli kamayadi. Agar qidiruv ma’lumotlari markazlashgan holatda tekshirilsa, u 
holda ushbu imkoniyat yanada kamayadi. 


204 
Xavfsiz standart sozlanmalarni o’rnatish. 
Amalda aksariyat dasturiy 
ta’minotlarda va operasion tizimlarda ko’plab xavfsizlik sozlanmalari standart 
tartibda o’rnatilgan bo’ladi. Biroq, bu holat foydalanuvchilar tomonidan yaxshi 
qabul qilinmaydi va shuning uchun, aksariyat hollarda ushbu sozlanmalarni o’chirib 
qo’yish amalga oshiriladi. Masalan, operasion tizimlarda parollarni eskirish vaqti 
standart holda o’rnatilgan bo’lsada, aksariyat foydalanuvchilar tomonidan ushbu 
sozlanma o’chirib qo’yiladi. 
Minimal imtiyozlar prinsipi. 
Axborot xavfsizligi, informatika, dasturlash va 
boshqa sohalarda keng qo’llaniluvchi minimal imtiyozlar prinsipi (ingl. Principle of 
least privilege) bu – hisoblash muhitidagi u yoki bu abstraksiya darajasida 
resurslarga murojaatni tashkil qilish prinsipi bo’lib, bunga ko’ra har bir modul o’z 
vazifasini to’laqonli bajarishi uchun zarur bo’lgan resurs yoki axborotdan minimal 
darajada foydalanishni talab etadi. 
Bu prinsip foydalanuvchi yoki dasturga faqat o’z vazifasi uchun zarur bo’lgan 
imtiyozlarga ega bo’lishi kerakligini anglatadi. Masalan, turli vaqt o’tkazish uchun 
ishlab chiqilgan mobil o’yin dasturlar SMS xabarni o’qish yoki qo’ng’iroq 
qiluvchilar ro’yxatini bilish imkoniyatiga ega bo’lishi shart emas. Masalan, dasturlar 
tillarida (Java dasturlash tilida keltirilgan) obyektlardan foydanishni cheklash uchun 
turli kalit so’zlardan foydalaniladi.
 
13-jadval 
Java dasturlash tilida foydalanuvchilar imtiyozlari 
Default 
Private 
Protected 
Public 
Bir xil klass 




Bir paket 
qismklassi 




Bir paket 
qismklassi 
bo’lmagan 




Turli paket 
qismklasslari 




Turli paket 
qismklassi 
bo’lmagan 






205 
Teran himoya prinsipi. 
Ushbu prinsipga ko’ra, bitta nazoratning bo’lishi 
yaxshi, ko’plab nazoratlardan foydalanish esa yaxshiroq deb qaraladi. Teran 
himoyada foydalanilgan nazoratlar turli zaiflik orqali bo’lishi mumkin bo’lgan 
tahdidlarni oldini oladi. Xavfsiz dastur yozish orqali esa, kirish qiymatini 
tekshirishni, markazlashgan auditni boshqarishni va foydaluvchilarni barcha 
sahifalarga kirishlarini talab qilishlari mumkin. 
Agar noto’g’ri ishlab chiqilgan administrator interfeysi, tarmoqqa kirishni 
to’g’ri bajarsa, foydalanuvchilarni avtorizasiyasini tekshirsa va barcha holatlarni 
qayd qilsa, u anonim hujumga bardoshsiz bo’lishi mumkin emas. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin