289
olishda iqtisodiy tavakkalchilik
narxining natijasi, foydalilik ko‘rsatkichi; 2)
marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining iqtisodiy samara
keltirish qobiliyati.
Marketing majmuasi (marketing - miks)
- marketing retsepti,
undan
foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof-muhitdagi
o‘zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishga imkon beradi.
Eng sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va kommunikatsiya siyosati sohasida
(4R:Product, Price, Place, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar o‘tkazishni
talab qiladi.
Marketing modellari
- 1) foyda olish yoki uni
ustirish maqsadida tovar va
xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro aloqalar
jarayonida marketing tizimi subyektlari xulq-atvorini ko‘rsatish, sifat va sonlar
jihatidan
aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyihalashtirish, rejalashtirish,
tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishda marketing muhiti va subyektlarining
funksional, sabab-oqibat va resurs aloqalarini ifodalovchi
va aks ettiruvchi
(imitatsiya, regressiya, korrelyasiya va h.k.) modellar majmui; 3)
marketing-miks
yoki uning tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx hosil bo‘lish
modeli, reklama modeli va h.k.).
Dostları ilə paylaş: