Shaxsiy yordamchi xo‘jalik – qishloq joylarda yashovchi fuqarolarning o‘z
tomorqasidagi shaxsiy mehnati orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish
bilan shug‘ullanishiga asoslangan oilaviy xo‘jalik.
Startap (ingl. «
startup company », «
startup » – harakatni boshlayotgan) – o‘z
faoliyatini innovatsion g‘oyalar yoki texnologiyalarga asoslangan holda yurituvchi
yangi tashkil etilgan kompaniya, firma yoki biznes loyiha.
Ta’sis shartnomasi – muassislarning
korxonani tashkil etish chog‘ida o‘zaro
kelishib olingan asosiy shartlarini ifodalovchi yuridik hujjat.
Tadbirkor – tadbirkorlik layoqatiga, ya’ni qandaydir turdagi tovar ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil eta olish borasida bilim,
ko‘nikma va tajribaga ega shaxs.
Tadbirkorlik riski – resurslardan samarali foydalanish mumkin bo‘lgan ho
-
latdan chetga chiqish va buning oqibatida resurslarni
yo‘qotish
xavfi.
Tadbirkorning huquqi – davlat tomonidan tadbirkor uchun foydalanishi bel
-
gilangan yoki ruxsat berilgan xatti-harakatlar qoidalari majmuyi.
Tadbirkorning javobgarligi – bu tadbirkor xatti-harakatining belgilangan
qonun me’yorlari, ijtimoiy va axloqiy qoidalarga muvofiqligi yuzasidan javob
berish majburiyati.
Tadbirkorning majburiyati – davlat tomonidan tadbirkor uchun rioya etilishi
yoki bajarilishi shart etib belgilangan xatti-harakatlar qoidalari majmuyi.
Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining puldagi ifodasi.
«Yagona darcha» markazi – aholi va korxonalarga turli davlat xizmatlari
ko‘rsatish, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan
shug‘ullanuvchi maxsus idora.