72
o‘tish yoki qo‘shimcha daromad topish yo‘llarini izlashga tushadi. Bular
-
ning barchasi tadbirkorning faoliyat natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
QONUN HUJJATLARI TALABLARIGA RIOYA ETISH
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda mehnatni muhofaza qilish hamda
xavfsizlik texnikasi,
ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonun
hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etish kerak. Chunki yetarli
darajada yoritilmagan, issiqlik bilan ta’minlanmagan, o‘z hayotini xavf os
-
tiga qo‘yish mumkin bo‘lgan sharoitda ishchilar yuqori unum bilan ishlay
olmaydi. Qolaversa, buning oqibatida ro‘y bergan noxush holatlar, baxtsiz
hodisalarga ish beruvchi – tadbirkor to‘liq javobgar bo‘ladi.
Ekologiya, ya’ni atrof-muhit muhofazasiga e’tibor qilmaslik, ishlab chi
-
qarish chiqindilarini
aholi yashash punktlariga, suv havzalariga tashlash,
zaharli modda yoki gazlar
chiqishining oldini olmaslik, avvalo, shu kor
-
xonadagi
ishchi va tadbirkorning, qolaversa, barcha jamiyat a’zolarining
sog‘lig‘iga putur yetkazadi.
Dostları ilə paylaş: