Korxona mablag‘lari – bu korxona faoliyatini tashkil etish va
amalga oshirishga xizmat qiluvchi pul, turli resurslar va ishlab chiqa
-
rilgan tovarlar majmuyidir. Mazkur mablag‘lar turli manbalarda kapital,
fond, vosita kabi atamalar bilan ham nomlanadi.
KORXONA MABLAG‘LARI SHAKLLARI Amalda korxona mablag‘lari uchta shaklda bo‘ladi: pul, resurs va tovar.
Pul shaklidagi mablag‘lar korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun
zarur resurslarni sotib olish yoki ulardan foydalanganlik uchun to‘lovlarni
amalga oshirish uchun ishlatiladi. Buning natijasida pul mablag‘lari resurs
-
lar yoki unumli mablag‘larga aylanadi.
Resurslar – ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sotib
olingan bino, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar, mehnat resurs
-
lari, elektr energiyasi, suv va boshqa resurslar shaklidagi mablag‘lardir.
Ushbu resurslar ishlab chiqarish jarayonida foydalanilib, o‘zining qiy
-
matidan ko‘proq mahsulot yaratgani uchun unumli mablag‘lar deb ham
yuritiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotlar tovar, ya’ni sotish
uchun mo‘ljallangan mahsulot shaklini oladi.
Tovar – bu korxonada ishlab chiqarilgan va sotishga mo‘ljallangan
mahsulot yoki xizmatlar.
Demak, tadbirkorning qo‘lida pul shaklida bo‘lgan mablag‘ o‘z ha
-
rakati davomida dastlab resurslarga, keyin esa tovarga aylanib, bozor
-
da sotilgach, yana pul shaklida tadbirkorga qaytib keladi. Buni kor
-
xona mablag‘ining (bu o‘rinda pulning) doiraviy aylanishi deyiladi.
Korxona mablag‘larining doiraviy aylanishi – korxona mablag‘i
-
ning o‘z harakatini muayyan (pul, resurs, tovar) shakldan boshlab,
navbatdagi bosqichlarni bosib o‘tib, yana o‘zining dastlabki shakliga
qaytishi.