74
KORXONA MABLAG‘LARI,
XARAJATLARI VA MOLIYAVIY
NATIJALARI
16-MAVZU
III BOB
KORXONA MABLAG‘LARI VA ULARDAN
FOYDALANISH SAMARADORLIGI
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Rasmlarda mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona mablag‘larining
qaysi shakllari ifodalangan?
2. Ushbu mablag‘larning qaysilarini asosiy hamda qaysilarini aylanma mab
-
lag‘larga kiritish mumkin? Fikringizni asoslang.
3. Korxona mablag‘laridan samarali foydalanish yo‘llari
nimalardan iborat
deb o‘ylaysiz?
KORXONA MABLAG‘LARI
Hech e’tibor berganmisiz – tadbirkor kishidan ma’lum miqdorda pul
berib turishini so‘rasangiz, u, odatda, «mening pullarim aylanishda» deb
javob beradi. Ushbu javobning mazmunini to‘laroq
tushunish uchun kor
-
xona mablag‘lari va ularning harakatini ko‘rib chiqamiz.
Siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni olib borish uchun korxona tashkil
etishingiz mumkin.
Korxona
– bu jamiyat ehtiyojlarini
qondirish va foyda olish maq
-
sadida mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish
uchun tashkil etilgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt.
75
Korxona faoliyatini tashkil etish va yuritish uchun mablag‘lar
talab
etiladi.
Dostları ilə paylaş: