'' Talabaning stressga barqarorligi shaxs xususiyatlariga bogʻliqligi ''


 Stressga qarshi kurashish usullari



Yüklə 240,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix07.01.2024
ölçüsü240,58 Kb.
#202304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2.3. Stressga qarshi kurashish usullari
Organizmga stressorni ta’siri natijasida stress paydo bo’ladi. 
Odatda, stressni rivojlanishi organizmda yaxshi ko’nikma qilib olgan sistema 
bo’yicha kechadi. O’ziga mos bo’lgan retseptorlarni signallari ko’pincha sezgi 
organlarini retseptorlari orqali markaziy nerv sistemasiga uzatiladi. Nerv 
kataklarining har xil yadrolarida bu signallar analiz qilinadi va bunday 
vaziyatda qanday harakat qilish kerakligi aniqlanadi. Bu echim esa nerv 
impulslari holatida bajaruvchi qismlarga uzatiladi, ular esa o’z navbatida 
organizmni javobini ta’minlaydi. Ko’p yillar davomida olimlar universal 
mediatorni topishga harakat qilishgan, u esa stressni rivojlanishiga undovchi 
vazifani bajarishi kerak edi. Ammo stress, integral javob reaktsiyasi emas u 
ma’lum bir mediator reaktsiyaga bog’lana olmaydi, chunki, stress 
organizmdagi turli xil mediatorli sistemalarni o’zaro murakkab ta’sirlashuvi 
natijasidir. Vujudga kelgan stress, organizmdagi stressni yo’qotishga yoki 
kamaytirishga qaratilgan, bir qator javob reaksiyalari bilan kuzatiladi. Bu javob 
reaksilar esa tabiatiga ko’ra ikki turga ajratiladi
1. Fiziologik javob reaktsiya;
2. Psixologik javob reaktsiya. 
Fiziologik javob reaktsiyalari stressda asosiy neyroendokrin 
sistemalar, adrenalo simpatiko va gipofiz sistemasidan buyrak usti bezlari po’st 
moddasi bosh vazifani bajaradi. Bu ikkita sistema miya oliy bo’limlarining 
gipotalamusli nazoratida bo’ladi. Stressorli ta’sirga neyroendokrinli javob
buyrak usti bezlarining gormonlari: buyrak usti bezining miya qavatidan 
katexolaminlar adrenalin va noradrenalin va buyrak usti bezining po’stloq 
qavatidan glyukokortikosteroidlarning qonga o’tishi orqali bo’ladi. Hozirda bu 
nazariya tan olinmoqda, chunki kutilmagan sharoitda buyrak usti bezlarining 
gormonlari moslashish jarayonida asosiy vazifani bajaradi. Ko’p yillar 
davomida buyrak usti bezlari atrof – muhitning har xil omillariga organizmni 


29 
moslashtiruvchi endokrin organ sifatida o’rganilib kelingan. Stress omillari 
ta‟sirida qonni tarkibida prolaktin miqdori ortib ketadi. Prolaktin gipofizning 
oldingi qismidan ajralib chiqadigan dofamin gormoni bilan to’xtatiladi. Stress 
dofaminergetik sistemaga ham ta’sir qiladi. Bu sistema gipofizni oraliq qismida 
peptid gormonlarini sekretsiyasini ham boshqaradi. Treotropin – rilizing faktor 
stress vaqtida kamdan – kam hosil bo’ladi, chunki tereotrop gormon stress 
vaqtida ortmaydi, aksincha kamayadi. Lyuteinlovchi va folekullarni 
rag’batlantiruvchi gormonlar stress vaqtida qonga ajraladi. Ammo 
lyuteinlovchi gormon stressorli vaziyatda folikullarni rag’batlantiruvchi 
gormonga nisbatan sezgir. Surunkali stress sharoitida gipofiz – ganado 
sistemalarni faolligi sustlashadi, jinsiy bezlarni o’lchamlari kichrayadi va 
qonda aylanadigan jisiy steroid gormonlarining konseptsiyasi kamayadi. 
Kalamushlarning stress omillariga ta’sir etilganda osish gormonlari to’xtab 
qoladi, chunki samotostatinni ajratish ko’p bo’ladi. Kuchuk va maymunda esa 
aksincha, o’sish gormonlari ortib ketadi.
Odamlarda jarrohlik orqali qorin bo’shligining ochilishi, ogir jismoniy 
zo’riqish yoki qorda uzoq vaqt davomida chang’ida uchish kabi stresslarning 
ta’sirida o’sish gormonini qondagi konsetrasiyasi ortadi.
Stressni psixofiziolog 
mexanizmi qon bosimini oshishiga olib keladi. Bu yerda buyrak usti bezi miya 
qismidan ishlab chiqariladigan adrenalinni ahamiyati katta. Natijada nerv 
sistemasidagi simpatik tonusni yuqoridagi, qanday sabab bo‟lishidan qat’iy 
nazar, simpatik faollikni yanada oshiradi. Oxir oqibatda karotidli tendensiyani 
rivojlanishi va byuroretseptorlar tomirlarni devorlaridagi sezgir nerv oxirlariga 
ta’siri aortalar qon bosimini yuqori darajaga ko’tarilishiga olib keladi. Natijada 
qon bosimi oshadi va korsatgichi oshib boradi.

Yüklə 240,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin