bilishi va ulardan foydalana olishi;
Psixolog “mutaxassis” va “professional” sifatida.
Psixologni kasbiy o’zini anglash xususiyatlari va uni rivojlantirishni shart-
sharoitlari.
Lisenziyaga ega mutaxassislarni attestasiyasi.
Shaxsiy kasbiy faoliyat refleksiyasi.
O’zini mutaxassis sifatida ko’rish ehtiyoji, o’zining mehnat faoliyatini
samaradorligini mustaqil va xolis baholash.
Professional o’qitish birinchi bosqich sifatida.
Psixolog shaxsi amaliy psixologning kasbiy faoliyatini instrumenti sifatida
qo’llash mumkin.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi, uslub jihatdan ketma- ketligi “Mutaxassislikka kirish” quyidagi fanlarning nazariy asoslariga tayanadi
(umumiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, menejment
psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi, psixodiagnostika va taraqqiyot
psixologiyasi). “Mutaxassislikka kirish” kursi psixolog talabalar uchun asosiy
fanlardan biri hisoblanadi. Bu kursni o’zlashtirish magistrlik bosqichi asosiy
holatlardan biri hisoblanadi, bundan tashqari bu fanni o’zlashtirish konsultativ
psixologiya, oilaviy munosabatlar psixologiyasi, tashkiliy psixologiya, boshqaruv
psixologiyasi, sport psixologiyasi qa boshqalar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu
kurs amaliy psixologlarni tayyorlashda asosiy fanlardan biri hisoblanadi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar “Mutaxassislikka kirish” fanida ko’rsatilgan mavzular ma’ruza, seminar
shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga
mustaqil ish sifatida o’zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik
texnologiyaning rolli o’yinlar, “Loyihalashtirish”, ”"Klaster", "Bumerang",
"Matbuot konferensiyasi" singari metodlari orkali xamda slaydlar, multimedia
namoyishlari bilan o’tkaziladi va mashgulotlardagi ma’lumotlar multimedia
vositalari yordamida taqdimot qilinadi.