MUNDARIJA
SO’Z BOSHI
4
I. SILLABUS
5
II.1. ISHCHI O’QUV REJA
11
II.2. NAMUNAVIY VA ISHCHI O’QUV DASTURLAR
12
III.
MODULNI
O’QITISHDA
FOYDALANILADIGAN
INTERFAOL TA’LIM METODLARI
29
IV. MA’RUZA MATERIALLARI
31
V. FAN BO’YICHA TEST SAVOLLARI
128
VI. SEMINAR MASHG’ULOT TOPSHRIQLARI
143
VII. FAN BO’YICHA GLOSARRIY
155
VIII. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
163
4
SO’Z BOSHI
Mazkur o’quv uslubiy majmua “Mutaxassislikka kirish” fanidan 5210203 –
Psixologiya: amaliy psixologiya ta’lim yo’nalishi uchun mo’ljallangan bo’lib,
Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetining “Psixologiya” kafedrasi professor-
o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan. “Psixologiya” fani o’quv uslubiy
majmuasini yaratishda yetakchi xorijiy OTMlari o’quv dasturlariga asosiy
adabiyotlar ro’yxatiga kiritilgan adabiyotlaridan foylalanildi.
“Mutaxassislikka kirish” fani o’quv rejasiga asosan 1 semestrda o’tilib, 20 soat
ma’ruza, 26 soat seminar va 52 soat mustaqil ta’limga ajratilgan.
“Mutaxassislikka kirish” fanini o’zlashtirish jarayonida bakalavr psixolog
shaxsi uning vazifalari, burchlari, axloqiy qoidalari, inson ruhiyatini psixologik tahlil
etish; fanning jamiyat va shaxs kamolotidagi o’rnini talabalarga tushuntirish; voqyea
va hodisalarni psixologik nuqtai nazardan tahlil va tadqiq etish malakasini hosil
qiladi. Psixologiya fani haqida tushuncha, psixolog mutaxassislar kimlar ular qanday
vazifani bajaradi bu holatlarni barchasi albatta mutaxassislikka kirish fanida
yetarlicha tushuntirilib beriladi. Ma’ruzalarni va amaliy mashg’ulotlarni borishi
vaqtida talaba psixologiya faniga kirib va kasb olami bilan tanishib boradi. Talabalar
psixologiya fani nimaligini va uning metodlari haqida boshlang’ich ma’lumotlarga
ega bo’la boshlaydilar. Bu kursda psixologiya kasb sifatida, kasbning jozibaliligi,
kasbga moslik va kasbiy motivasiyalarning o’ziga xosligi va boshqa tushunchalar
o’rganiladi.
Ushbu o’quv uslubiy majmua yettita qismdan iborat bo’lib, ular sillabus, ishchi
o’quv reja, namunaviy va ishchi o’quv dastur, modulni o’qitishda foydalaniladigan
interfaol ta’lim metodlari, ma’ruza materiallari (ma’ruza matni, adabiyotlar ro’yxati,
mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy, keyslar banki, nazorat savollari va test
savollari) va amaliy mashg’ulotlar materiallari (amaliy topshiriqlar, namuna,
adabiyotlar ro’yxati, tarqatma materiallar, keyslar banki, test savollari)dan tashkil
topgan. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar materiallari semestrlarga ajratilgan holda
berilgan.
|