Semestr va o’quv kursining davomiyligi 3-4 semestr
O’quv soatlari xajmi: jami: 98
shuningdek:
Ma’ruza
20
Seminar
26
Amaliy (laboratoriya)
-
mustaqil ta’lim
52
Yo’nalish nomi va shifri 5210203
Psixologiya: amaliy psixologiya
Kursning predmeti va mazmuni: “Mutaxassislikka kirish” fani bo’yicha
tuzilgan dastur talabalarning psixologiya sohasi bo’yicha mutaxassis sifatida
shakllanishi uchun zarur bo’lgan tasavvurlar, bilimlar va ko’nikmalarga mo’ljallab
tuzilgan. Talabalarning kasbiy tayyorgarligining asosiy olam, jamiyat va insonning
o’rganishi uchun psixologik bilimlarga zaruratning mavjudligi; ularning
dunyoqarashini boyitish va rivojlantirishda psixologik qonuniyatlarni o’rganishga
ehtiyojning mavjudligi; inson psixologiyasining umumiy psixologik konuniyatlarini,
shaxs va voqyelik, shaxs va jamiyat, shaxs va predmetlar olami orasidagi munosabat,
voqelikni anglashi, olamning psixologik tahlili, psixologik hodisalarning kechishi,
psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatda olib borilayotgan ishlar orqali
amalga oshirishga qaratilanligi bilan tavsiflanadi.
Kursni o’qitishning maqsadi va vazifalari: Psixologning kasbiy faoliyatini
mazmuni va qadriyatlari. Tibbiyot, pedagogika, huquqshunoslik, dinshunoslik
fanlariga psixologning kasbiy yondoshuvi va yordam tushunchasi. Ichki tajribalarga
tayanish. Psixolog kasbiy faoliyatida samaradorlik. Psixolog kasbiy faoliyatini
muvaffaqiyatni baholash muammosi va mahsulotni “nomaterialligi”. Kasbiy
kompetentlik va uning mezonlari. Amaliy psixologni faoliyati va istalmagan
oqibatlarni tahlil qilishda “Kasbiy so’nish” sindromini o’ziga xosligi. Psixolog
kasbiy faoliyatida deviasiyalar bilan tanishish.
.