Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 1 -
10-Mavzu:
ISITISH, SOVITISH VA KONDENSATSIYFLASH.
ISSIQLIK ALMASHINISH USKUNALARI.
Reja:
1.Isitish,
buglatish,
sovitish
va
kondensatsiyalash
haqida
umumiy
tushunchalar, isitish usullari.
2. Kondensatsiyalash.
3. Atrof muhit temperaturasigacha sovitish.
4. Atrof muhit temperaturasidan past temperaturagacha sovitish.
5. Issiqlik almashinish qurilmalari.
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida issiqlik
almashinish qurilmalarida
o’tkaziladigan suyuqlik va gazlarni isitish, buglanish,
sovitish va buglarni
kondensatsiyalash jarayonlari juda keng tarqalgan.
Biror muhitdan boshqasiga issiqlik o’tkazish uchun mo’ljallangan moslama
issiqlik almashinish qurilmasi
deb nomlanadi.
Issiqlik uzatish jarayonida
qatnashayotgan muhitlar
issiqlik eltkichlar
deb ataladi.
Yuqori temperaturali va
issiqlik beruvchi muhit
issiqlik eltkich
deyiladi. Past temperaturali va issiqlik
oluvchi muhit
sovuqlik eltkich
deyiladi.
Turli sanoatlarda to’gridan to’gri issiqlik manbai bo’lib yokilgilarni yonishdan
hosil bo’lgan gazlar va elektr energiyasi ham ishlatiladi.
Bu turdagi bevosita
issiqlik manbalaridan issiqlik olib, o’zining issiqligini qurilma devori orqali
isitilayotgan suyuqlik yoki gazga beruvchi moddalar
oraliq issiqlik eltkichlar
deb
yuritiladi. Bunday
issiqlik eltkichlarga suv bugi, issiq suv va yuqori temperaturali
issiqlik eltkichlar (o’ta qizdirilgan suv, mineral moy, organik suyuqlik va ularning
buglari, tuz eritmalari, suyuq materiallar va boshqalar) kiradi.
Oddiy temperatura (10...30°C) largacha sovitish
uchun suv va havo keng
miqyosda va samarali qo’llaniladi.
Issiqlik eltkichlarni tanlashda ularning quyidagi xossalariga e’tibor berish
zarur:
- muhitni sovitish yoki sovitish darajasi va uni boshqarish;
- minimal massaviy va hajmiy sarflarda katta issiqlik
almashinish tezligiga
erishish;
- qovushoqligi kichik, zichligi, issiqlik sigimi va bug hosil qilish issiqligi katta
bo’lishi kerak;
- yenmaydigan, zaxarlimas, issiqqa chidamli bo’lishi zarur;
- issiqlik almashinish qurilmasi materialini yemirmasligi va buzmasligi kerak;
- arzon va kamyob bo’lmasligi zarur.
Ko’p holatlarda issiqlik eltkichlar sifatida sanoat yarim mahsulot, mahsulot va
chiqindilarning issiqligidan foydalanish iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiqdir.