66
maydonining oktetlardagi uzunlik kodini tashiydi va u paket sarlovhasidan so‗ng
keladi. Agar kod 0 ga teng bo‗lsa, u holda ma‘lumotlar maydoni uzunligi jumboq
ma‘lumotlar maydonida yozilgan bo‗ladi va u o‗z navbatida opsiyalar zonasida
saqlanadi.
Keyingi sarlovha – 2 bitlik ajratuvchi
. IPv6 sarlovhadan keyin bevosita
keluvchi sarlovha turini identifikatsiyalaydi. IPv4 protokoli ishlatadigan
qiymatlardan foydalanadi.
Qadamlarning chegaralangan soni (paketning maksimal yashash vaqti) – 8
bitlik belgisiz butun son. Paket o‗tuvchi har bir qurilmada bittaga kamayadi.
Qadamlar nolga teng bo‗lganda paket yo‗q qilinadi.
IPv4 dan farqli o‗laroq, IPv6 qurilmalari paketlarning maksimal yashash
vaqtini belgilanishini talab etmaydi. Shu sababli IPv4 ―time to live‖ (TTL)
maydoni IPv6 uchun ―hop limit‖ – qadamlarning chegaralangan soni deb
nomlangan. Amaliyotda unchalik ko‗p bo‗lmagan IPv4 ilovalar TTL bo‗yicha
cheklovlardan foydalanadilar.
―Jo‗natuvchi manzili‖ va ―Qabul qiluvchining manzili‖ maydonlariga
manzil uzunligi IPv4 ga nisbatan uzun bo‗lganligi uchun 128 bit ajratilgan.
Dostları ilə paylaş: