Agar
, - deydi u, “
xudo bo‘lmaganda edi, uni o‘ylab chiqish
mumkin bo‘lar edi
”. Volter falsafasi qanchalik ziddiyatli bo‘lishidan qat’i
nazar, insonlarni ma’rifatga chorlaydi. Ma’rifatning keng qirrali tomonlarini
ochib beradi. Shu o‘rinda aytish lozimki, Volter o‘zi yashagan jamiyatdagi
xususiy mulkchilikni tanqid ostiga oladi. Bu sohada ham tengsizlik borligini
ta’kidlaydi. U boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni
qonunlarning mukammal ishlab chiqilmaganligida, deb topdi. Jamiyatdagi
barcha kelishmovchiliklar jamiyatni ilmiy boshqarmaslikdan kelib chiqadi.
Jamiyatni yaxshi boshqarmaganlar esa butun umr vijdon azobida qiynalib
o‘tishlari kerak. Aslida hukmdorlar o‘zlari odat qilib olgan boshqaruvning
kamchiliklarini sezmas ekanlar, xalq bunday boshqaruvdan norozi bo‘lib
qolaveradi. Bu norozilikni inqiloblar hal etadi. Inqiloblarning bo‘lishi
to‘ntarishlar bilan bog‘liq, deydi. U o‘z mamlakati va vatanini yo inqirozga
yo ko‘klarga ko‘taradi. Ta’kidlash lozimki, Volter o‘z vatanini ko‘proq
e’zozlagan. Vatanga bo‘lgan muhabbatim, deydi u, meni xorijliklar
yutug‘idan ko‘z yumushga majbur qilmaydi. Aksincha, vatanga muhabbatim
qanchalik kuchli bo‘lsa, vatanimni jahondagi g‘aznalar bilan yanada
boyitgim keladi. Ko‘rinib turibdiki, Volter o‘z umrining ko‘pchilik qismini
xorijda o‘tkazgan bo‘lsa ham, vatan ishqi bilan yashagan.
Volter o‘z qarashlarini bir tizimga solar ekan, u hamisha tarixni jiddiy
tahlil qilar edi. O‘tmishni o‘rgangan holda xulosalar chiqarardi. Ayniqsa,
jamiyat taraqqiyotini baholashda turli davrlarni o‘z davri bilan solishtirgan
holda yondashar edi. Xalqlar axloqi va ruhi bilan tanishardi. Shu ma’noda u
40
XVIII asrning yirik tarixchisi sifatida ham e’tirof etildi. Istoriografiya (tarix
haqida yozuv) ma’rifatparvarlari maktabini ham yaratadiki, bu maktab,
nafaqat Fransiyada, balki chet ellarda ham hurmat qozondi. «Ensiklopediya»
va «Buyuk Pyotr davridagi Rossiya tarixi» kabi asarlarida ilmiy manbalarga
asoslanib, tarixiy xulosalar chiqaradiki, bu xulosalar hozirgi davrimizda ham
o‘z mavqeini yo‘qotgan emas.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Volterning ijtimoiy-siyosiy qarashlari
feodal krepostnoylik tuzumiga qarshi qaratilgan bo‘lib, ko‘proq Fransiya
hayotini aks ettirgan edi. U o‘z g‘oyalarida Fransiya ijtimoiy-siyosiy hamda
davlat tuzumini islohotlar bilan o‘zgartirish masalasini qo‘ydi. Qonunlar
ishlab chiqarishni talab qildi. Barcha fuqarolar tengligini ta’minlash yo‘lida
tinmay xizmat qildi. So‘z erkinligi, soliqlarning barchaga barobar bo‘lishini
istadi. Lekin, bu sohalarda yutuqlarga erishishning amri maholligini ham
bilardi. Shunday bo‘lsa-da, u mamlakatni boshqarish konstitutsiyaviy
monarxiya tomonidan amalga oshirilishini orzu qildi. Uning fikricha,
konstitutsion boshqarish eng adolatli oqilona boshqarish bo‘lishi mumkin
edi.
Volter o‘z ijodini faqat, Yevropa tarixini o‘rganish bilan bog‘lab
qo‘ymadi. Keyinchalik dunyo mamlakatlari tarixini ham o‘rganishga
kirishdi. Jumladan, Hindiston tarixi to‘g‘risida ham asar yozdi. «Tarix
falsafasi»da tarixni o‘rganish metodologiyasini ishlab chiqdi. A. S. Pushkin
iborasi bilan aytganda, Volter tarixni o‘rganishning «yangi yo‘lini topib,
uning yoritgichini aniqlab berdi». Tarix fanini ilmiy manba darajasiga
ko‘tardi. Tarixni afsonaviy siymolardan tozalashga, badiiy tasvirlashlariga
chek qo‘yishga intildi. O‘tmishdagi voqealarni tanqidiy o‘rganishni tavsiya
etdi va kelajak uchun turtki berdi. Shu sababli ham, rus mutafakkiri Plexanov
fikricha, Volterning «Tarix falsafasi» tarixni ilmiy talqin qilish namunasidir.
Shu narsa muhimki, tarixini yoritishda ko‘proq xalq faoliyatini o‘rganish
lozim. U tarixchilardan xalqlarning ma’naviy, axloqiy, falsafiy, huquqiy,
siyosiy, ilmiy bilish, san’at va adabiyot sohalarini kengroq yoritishni talab
qildi. Moddiy hayot ravnaqi haqida yozishlarini zarur, deb topdi. Volter
fikricha, tarixni yozishda milliy boyliklar, savdo-sotiq, moliya ishlari
41
hisobga olinmog‘i darkor. U butun dunyo tarixini yozishda qadimiy
mamlakatlar faoliyatiga e’tiborni qaratdi. Jumladan, Yevropa faylasuflari
o‘rtasida birinchi bo‘lib, Hindiston, Xitoy, arab xalqlari, aborigenlar
faoliyatini to‘la yoritishga harakat qildi. U tarixni xalq yaratadi, deb xulosa
qiladi. Jamiyatni harakatga keltirishda inson fikrlari muhimdir. Tarix
falsafasini yaratish bilan birga Volter, ijtimoiy falsafani asoslashda
birinchilardan bo‘lib maydonga chiqdi.
Dostları ilə paylaş: |