55
Feyerbax Gegel dialektikasining ratsional mag‘ziga to‘g‘ri baho bermadi,
uning idealizmi bilan dialektikasini qo‘shib uloqtirdi. Feyerbaxning kamchiligi
shuki: u tabiatga va bilish jarayoniga tarixan yondashmadi, bilish jarayonida jonli
mushohadadan abstrakt tafakkurga o‘tish dialektikasini va amaliyotning rolini
metafiziklarcha tushuntirdi. Ya’ni bilishning sub’yekti qilib tarixiy-ijtimoiy
munosabatdan tashqaridagi mavhum insonni oladi, kishilarni biologik tarzda
tushunadi, lekin ular orasidagi sinfiy munosabatni ko‘rmaydi. Inson harakati
faoliyatini ko‘rolmadi. Feyerbax materialistik tizimni kishi fiziologiyasi va
ruhiyati asosida ko‘rishga intildi.
U dinni jaholat va qorong‘ulik, deb tushundi, lekin uning ijtimoiy
mohiyatini tushuntira olmadi. U ijtimoiy hodisalarga materializmni tatbiq eta
olmadi.
Shunday qilib, Feyerbax Gegel falsafasining asl mag‘zini uloqtirdi. Dinga
qarshi chiqdi. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi faylasuflar uning ijobiy tomonlarini
ko‘rsatdilar.
Falsafani yanada yuqori pog‘onaga XIX asr oxiridagi rus faylasuf-
demokratlari
Dostları ilə paylaş: