58
IV bob. Ijodning nazariy muammolarini ishlab
chiqishda Sharq mutafakkirlari qo‘shgan hissalar
O‘rta Osiyoda falsafiy-diniy dunyoqarashning shakllanishi.
Qadimgi xalqlar ijodiy faoliyati og‘zaki va yozma manbalarning
ifodasi sifatida
O‘rta Osiyodagi qadimgi falsafiy qarashlarni bilish, o‘rganishda yozuv
va tarixiy yodgorliklarning katta ahamiyati bor. Qadimiy yozuvlardagi
mazmun ham o‘z davri falsafiy jarayonlarini namoyon qilganki, ularda ham
yaxshilik va yomonlik, boylik va kambag‘allik o‘rtasida kurashlar
tasvirlangan. Qadimiy yozma yodgorliklarga «Avesto», «Bundaxshin»
«Denxard» va «O‘rxun-Yenisey» yozuvlari kiradi. Yenisey bo‘ylaridagi
qadimgi yozuvlarni aniqlash XVIII asrning boshlarida rus olimlari
tomonidan boshlangan. Topilgan yodgorliklardagi yozuvlarni aniqlash
qiyin kechgan. Faqat XIX asrning birinchi choragidagi Grigoriy
Spasskiyning Yenisey yodgorliklari haqidagi maqolasi «Sibirskiy vestnik»
(Sibir xabarlari) jurnalida e’lon qilingandan so‘ng yodgorliklar haqidagi
ma’lumotlar olimlarga ma’lum bo‘ladi. Ammo, yozuvni o‘rganishga o‘sha
paytda katta e’tibor berilgan bo‘lsa ham, tezlikda natija bermagan. 1889 yili
rus sayyohi va yozuvchisi
N.M.Yadrinsev
Mo‘g‘ulistondagi Kosho-
haydam vodiysida O‘rxun daryosi bo‘ylaridagi ko‘pgina yodgorliklarni
topib, ulardagi Xitoy yozuviga o‘xshash matnlarni aniqlagan. Matnlarni
o‘qish Daniya olimi
Vilgelm Tomsen
ga nasib qildi. U dastlab «tangri»,
«turk» degan so‘zlarni o‘qigandan so‘ng (1893 yil 25 noyabrda) masala
oydinlashdi. Ko‘p harflar mazmuniga kalit topildi. Bu orada rus olimi
Dostları ilə paylaş: