Зиёдулла Давронов



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104
Зиёдулла Давронов

ikkinchi manbasi
Sunna (arab tilida odob, an’ana, xatti-
harakat)dir. Sunna islomda musulmonlar uchun ibrat hisoblangan.
Muhammadning so‘zlari, qilmishlari, xatti-harakatlari hadislarda aks
ettirilgan. Sunna islomda Qur’ondan keyingi - uni to‘ldiruvchi manba. Sunna
VII asr o‘rtalarida yig‘ila boshlagan. Unda qarama-qarshiliklar, yaxshi va
yomon qadriyatlar to‘g‘risida fikr yuritilgan. Bir, ikki asr davomida hadislar
ko‘payib ketgan. IX asrda tizimga solingan. Aniq, ishonchli hadislar
hamyurtimiz Imom Ismoil Buxoriy tomonidan to‘plangan.
Islom dinining
uchinchi manbasi
– shariat bo‘lib, u islom dinining
huquqiy tizimidir. Unda sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy
normalarga va amaliy diniy talablarga ham qonuniy tus berilgan.
Islomda jamiyatni boshqarish Qur’on asosida olib borilgan.
Keyinchalik, feodalizm rivojlanishi bilan diniy faoliyatni qamrab oluvchi
qonunlar majmuasiga ehtiyoj tug‘ilgan. Islom ilohiyotchilari bir necha asr


74
mobaynida shariat qonunlarini yaratganlar. Unga asos qilib, Qur’on va
Sunnalar olingan. Shariat qonunlari XI-XII asrlarda to‘la shakllangan.
Shariatda davlat huquqi normalari, majburiyat, jinoyat, jazo va oila-nikoh
huquqlari, shuningdek, sud yuritish, vasiylik ko‘rsatmalari berilgan. Shariat,
xususiy mulkni xudo tomonidan belgilangan, doimiy va o‘zgarmas, deb
hisoblaydi. Kishi faoliyati ikki turga - harom va halolga ajratilgan. Shariat
shakllanib tugallagan davrda 5 ta kategoriya vujudga kelgan: 1. Farzning
bajarilishi qat’i va majburiy bo‘lgan; 2. Mansub (sunnat)- majburiy emas,
lekin ma’qul, lozim deb hisoblangan; 3. Mubah –ixtiyoriy normalar; 4.
Makruh – noma’qul normalar; 5. Harom - qat’i ravishda ta’qiqlangan
harakatlar.
To‘rtinchi manba:
tafsir (arab-sharh, tushuntirish, izoh) islom
an’anasida Qur’on, hadislar va boshqa diniy manbalarni talqin qilishdir.
Qur’on tafsirlarida Qur’onning matni aynan sharhlab beriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin