76
haqida ilmiy fikrlarni aytib ketganlar. Endilikda tarjima qilinib, xalqimizga
tortiq etilayotgan adabiyot, ilmiy manbalardan o‘qib xulosa qilamizki,
bag‘rikenglikning falsafiy jihatlari har bir shaxs, har bir xalqqa taalluqlidir.
Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar», «Hindiston», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig»,
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk», Alisher Navoiyning
«Xamsa», «Holati Sayyid Hasan Ardasher», «Mahbub ul-qulub», Boburning
«Boburnoma», Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» va boshqa asarlarida
muammoning yechimiga oid ibratli fikrlar bor.
Diniy bilimlar, dunyoviy bilimlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi
bag‘rikenglikni taqozo etadi. Ayniqsa, buyuk muhaddislar hadislar
to‘plashda bu jarayonlarga e’tiborni qaratganlar. Jumladan,
Dostları ilə paylaş: