Ali ibn
Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniy
dir.
U kishi 1123 yilda tug‘ilib 1197 yilda vafot etgan. O‘z davrining ilmlarini
mukammal o‘rgangan. Ayniqsa, islom dinining asosiy manbalari Qur’oni
Karim va hadislarni tahlil qilish natijasida Fiqh-islom huquqshunosligi
sohasida obro‘ e’tibor qozongan. Qur’oni Karimni yod olgan. Hadislarni
tahlil qilgan. Samarqand shahriga ko‘chib borib, o‘sha yerda yashagan.
1149 yilda haj safariga borib islom dinining allomalari bilan muloqotda
bo‘lib, ularning asarlarini mutolaa qilgan. O‘zining "Kitobul-mashoix"
81
("Shayxlar haqidagi kitob") asarida 40 dan ortiq shayxlar va allomalarni tilga
olgan. Al-Marg‘inoniyning bizgacha yetib kelgan asarlaridan "Bidoyat al-
muntaxiy" ("Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim"), "Kifoyat al-muntaxiy"
("Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim"), "Nashr ul-mazhab" ("Mazhabning
yoyilishi"), "Kitob ul-mazid" ("Ilmni ziyoda qiluvchi kitob"), "Manosiq ul-
Haj" ("Haj marosimlari"), "Majma ul-Navozil" ("Navozil bo‘lgan narsalar
to‘plami"), "Kitob ul-Faroiz" ("Farzlar kitobi") va boshqalardir. Ayniqsa,
yaratilgan "al-Hidoya" asari islom dini olamida hanafiya mazhabining
qo‘llanmasiga aylandi. Ushbu kitobda islom dinidagi huquqiy masalalar
keng ko‘lamda yoritilgan. Bu kitob hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan
emas. Chunki unda inson falsafasiga katta o‘rin berilgan. Jumladan, ushbu
kitobda nikoh, taloq qilish, qullarni ozod qilish, topib olingan nasabini
aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo‘qolganlar,
sherikchilik va vaqf mulki, tahorat, namoz, ro‘za, zakot va haj kabi
masalalarning sharhi berilgan. Kitobning birinchi, ikkinchi qismlarida
yuqoridagilar yoritilsa, uchinchi, to‘rtinchi qismlarida pul, savdo-sotiq,
kafolat, qozilarning vazifalari, guvohlik, da’vo, sulh, meros, shartnoma
tuzish, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar
xususida, xun to‘lash, vasiyat kabi boshqa masalalar ham yoritiladi.
"Hidoya" kitobi asrlar davomida musulmon mamlakatlarida huquqshunoslik
bo‘yicha muhim qo‘llanma hisoblangan. O‘rta Osiyoda esa 1917 yildan
1930 yillargacha shariat qozilari bekor qilinib, sovet sud tizimi joriy etilgan
paytlargacha rioya qilindi. Ushbu kitob 1893 yilda rus tiliga N. P. Grodekov
tomonidan (ingliz tilidan) tarjima qilingan edi. 1994 yilda "Hidoya" qayta
nashr etildi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng kitob muallifi
Burhoniddin Marg‘inoniyga hurmat va e’tibor kuchaytirildi. 2000 yilda
uning 910 yillik tavallud sanasi nishonlandi.
Ijodiy g‘oyalarning paydo bo‘lishida Ibn Muso Xorazmiy, Ahmad
Farg‘oniy, Abu Yazid Bistoniy, Mansur al-Xalloj, Abu Bakr ibn Muso al-
Vositiy, Abu Rayhon Beruniy, Abulqosim Firdavsiy, Abdulla Jafar Rudakiy,
Yusuf Bolasog‘uniy, Abu Bakr Narshaxiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn
Sino, Ahmad ibn Abdulloh, Ahmad ibn Abdulloh Mavraziy, Ahmad
82
Yugnakiy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg‘ariy kabi yuzlab allomalarning
xizmati kattadir. Islom dini asosida paydo bo‘lgan tasavvuf ilmi ham diniy
ijodning bir namunasidir.
Tasavvuf ilmi yoki sufiylik diniy oqimi VIII asrda arab
mamlakatlarida vujudga kelgan. Dastlab sufiylar shaxsiy istakdan to‘la voz
kyechish g‘oyasini targ‘ib qilganlar. Tasavvuf musulmon mamlakatlaridagi
ijtimoiy taraqqiyotning xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda vujudga kelgan.
Unda neoplatonizm ta’limoti, iudaizm, xristianlik, zardushtiylik va ayniqsa
buddizmning ta’siri bor. Tasavvuf tarafdorlari axloqiy jarayonlarni targ‘ib
qilib, xudoga yaqin bo‘lishni asosiy maqsad qilib qo‘yganlar. Shaxsiy
manfaatdan voz kechishni talab qilganlar. Tasavvuf ham xilma-xil shakl va
oqimlarga ega. Tasavvuf ijodiyotining asosiy maqsadi, ob’yekti inson va
xudo.
Tasavvufda inson 4 ta bosqich orqali kamolatga erishadi. Birinchi
Dostları ilə paylaş: |