83
reaksion ta’limot sifatida taqiqlaganlar. Bular insonlarni jamiyat hayotidan
chetga tortadi, qizg‘in faoliyatni so‘ndiradi, deb tushuntirilgan.
Tasavvuf ta’limotida
Ahmad Yassaviy
(1041 yilda tug‘ilgan. Ilmiy
adabiyotlarda vafoti 1165-1167 yillar deb ko‘rsatilgan) ta’limoti muhim
ahamiyatga ega. Yassaviy buyuk shayx sifatida musulmonlar o‘rtasida
e’tibor qozongan. Rivoyatlarga ko‘ra, Ahmad Yassaviy payg‘ambardan ortiq
umr ko‘rishni gunoh deb bilib, 63 yoshida yer to‘laga – chillaxonaga kirgan.
Umrining oxirini shu chillaxonada o‘tkazgan. Mavlono Xusomiddin
Sig‘noqiyning risolasida Ahmad Yassaviy 130 yil umr ko‘rgan, deb
ma’lumot beriladi.
Ahmad Yassaviyning she’rlar to‘plami «Devoni hikmat» deb
nomlanadi. «Devoni hikmat»ning yetakchi g‘oyasi din va tasavvufdir.
Ahmad Yassaviy islom dinining qonun-qoidalari va urf-odatlarining
yig‘indisi bo‘lgan «shariat»ni, tasavvuf mohiyati bo‘lgan «tariqat»ni, ishqi-
ilohiy-«ma’rifat»ni, xudo va unga erishmoq-«haqiqat»ni targ‘ib qilgan.
«Devoni hikmat»da «Ey darvesh, bilgil va ogoh bo‘lg‘ilkim,
avval kalimai
shariat, ikkinchi kalimai tariqat, uchinchi kalimai ma’rifat, to‘rtinchi kalimai
haqiqatni bilmoq kerak. Sufiy bo‘lib bu kalimalarni bilmasa sufiy emas» -
deyiladi. Ahmad Yassaviyning ijodida diniy olamga g‘arq bo‘lish bilan birga
tarkidunyochilik birlashib ketgan.
Zolimlar qoralangan, kambag‘allar
faoliyati yaxshilik bilan bog‘langan. Uning ijodida insonlarni yaxshilikka
chorlash, boylikka berilmaslik, mansabni suiste’mol qilmaslik g‘oyalari
yetakchi o‘rinni egallaydi.
Tasavvuf falsafasi
Dostları ilə paylaş: