Зиёдулла Давронов


Ilmiy ijodda induksiya va deduksiya usullaridan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104
Зиёдулла Давронов

Ilmiy ijodda induksiya va deduksiya usullaridan
ham foydalaniladi.
Induksiya - juz’iylikdan umumiylikka qarab borish jarayonini o‘zida
mujassamlashtirgan tushuncha.
Induksiya ijod sohasida ham amal qiladi.
Unda ob’yekt haqida xulosa chiqariladi. Induktiv xulosa chiqarishda
bilimning xususiy muhokamalaridan umumiy qoidalariga qarab harakat
qilinadi. To‘liq va noto‘liq induksiya mavjud bo‘lib, to‘liq induksiyada bir
turkumdagi ob’yektlar haqida umuman shu turkumdagi ob’yektlarning


94
hammasini qamrab olish asosida xulosa hosil qilinadi. Noto‘liq induksiyada
esa ob’yektlarning ba’zilarini qarab chiqishga asoslanib xulosalar
chiqariladi, ya’ni bunda ob’yektning asosiy belgilari, aloqa va munosabatlari
tahlil qilinib xulosalar olinadi. To‘liq induksiya amaliyotda kamroq
qo‘llanilsa, noto‘liq induksiya kengroq foydalaniladi. Ammo noto‘liq
induksiyada to‘la ma’lumot olib bo‘lmaydi. Shu sababli ikkala jihatni bir-
biridan ajratib bo‘lmaydi. Ushbu usullarni fan tarixida ishlab chiqishda
Arastu, F.Bekon, R.Dekart, Dj. S. Mill va boshqalarning o‘rni katta bo‘lgan.
Induksiya usuli hamma fanlarda qo‘llaniladi. Masalan: induktiv yo‘l
bilan rus olimi D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning davriy tizimi
qonunini kashf etgan. Induksiya deduksiya bilan bog‘langan.
 Deduksiya
umumiy xulosa chiqarish ma’nosini beradi, ya’ni xulosalar
umumiylikdan juz’iylikka tomon boradi. Bu deduksiyaning asosiy
tamoyilidir.
Masalan: “hamma metallar elektr o‘tkazuvchilardir” degan
xulosalar umumiy xulosalar bo‘lsa, temir o‘tkazuvchi, deyilganda u
xususiydir. Deduksiyada isbot yoki asoslardan natija chiqarish tushuniladi.
Bunda xulosa mantiqiy qonunlarga suyangan holda chiqarilganligi sababli u
ishonchli bo‘ladi.
Aniqroq aytilganda deduktiv xulosa hukmlar

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin