97
bog‘lanishlari fikran ajratiladi. Uning boshqa xususiyatlari va bog‘lanish
hamda munosabatlari nazardan soqit qilinadi. Buning ta’sirida paydo bo‘lgan
tushuncha,
tasavvur, abstraksiyadir. Abstraksiyada narsa aniq holda
bilinmaydi, mavhum holda inson ko‘z o‘ngida gavdalantiriladi. Masalan:
kundalik hayotda uchraydigan hodisalar, o‘rikning
pishishi, samolyot
uchishi, quyoshning ko‘rinishi aniqdir, lekin bular doimiy harakatni
bildiradi. Aslida bu jarayonlar abstraksiyadan dalolat beradi. Shuni
unutmaslik kerakki, abstraksiya aniq narsalar uchun umumiy bo‘lgan
belgilarni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
Unda predmetdan uzoqlashib,
chetlab o‘tish namoyon bo‘lsa-da, aslida ularning mohiyati mazmuniga kirib
borishiga sharoit yaratiladi.
Abstraksiya har xil qo‘shimcha ta’sirlardan yiroqlashgan holda,
ob’yektlarning asosiy muhim xususiyatlarini
ajratib olib, sof holda qarab
chiqish va shunga asosan ularning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash
imkonini beradi. Insonlarning amaliy faoliyati qanchalik murakkablashib
borgani sari, ularning abstraksiyalash qobiliyatlari ham taraqqiy etib,
takomillashib boradi. Amaliy ehtiyojlar oxir oqibatda
turli fanlar bilan birga
abstraksiyalarni vujudga keltirib, ob’yektlarning ko‘plab xususiyatlaridan
qaysi birini ajratib ko‘rsatishini aniqlab beradi.
Binobarin,
Dostları ilə paylaş: