100
yasaladigan, aynan insonlarning, muzeylarda, o‘quv yurtlarida va boshqa
joylardagi maketlari modellarning namunalaridir.
Ushbu modellar turli
sohalarni o‘rganish uchun keng foydalaniladi. Hozirgi zamon fani narsa va
hodisalarning xususiyat va xossalarini qaytadan yaratish uchun ko‘proq
belgi modellarga, ya’ni matematik yoki mantiq belgilarining maxsus
tuzilmalariga e’tiborni qaratmoqda. Masalan: agar biron-bir iqtisodiy
tashkilot-korxona, sanoat tarmog‘i uchun xarakterli bo‘lgan
aloqalar,
jarayonlarni ifodalaydigan tenglamalar tizimi tuzilsa, xuddi ana shu narsa
ayni tuzilmaning belgi (matematik) modeli bo‘ladi. Modellashtirish uchun
muayyan o‘xshashlik (analogiya) tadqiq qilinuvchi ob’yekt bilan uning
modeli o‘rtasidagi muvofiqlik asos qilib olinadi.
Bu holat modeldan haqiqiy
izlanayotgan ob’yektga o‘tishga, unda model yordamida
olingan
natijalardan foydalanishga yordam beradi. Modelning asl nusxasi bilan
yaratilgan nusxasi o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Bu tafovut izlanuvchi
tomonidan aniqlanishi talab etiladi. Ushbu uslub tadqiqotchining mehnatini
yengillashtiradi. Ma’lumki, shunday narsa
va hodisalar borki, ularning
kattaligi, uzoqligi yoki kichik bo‘lganligi sababli unga bevosita yondashib
bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan modellashtirish usuliga murojaat qilinadi.
Modellashtirish ob’yekt haqida hissiy tasavvurni paydo qiladi. Bu ayniqsa,
mavhum narsa yoki hodisani tadqiq qilishda yanada muhimdir. Masalan: N.
Borning atom modeli atomning ko‘pgina xususiyatlarini, jumladan
beqarorligini yoki uzoqlasha olishini bilishga yordam beradi.
Modellashtirish usuli narsa va hodisalarning tarixiy, ya’ni bilib olingan
tomonlarini izohlabgina qolmaydi va faqat shuning uchungina yaratilmaydi.
Modellashtirish narsa va hodisalarning ma’lum bo‘lmagan tomonlarini
anglashga, bilishga ham chorlaydi. Bilish imkoni bo‘lmagan jarayonlarning
ham xususiyatlarini ochishga yordam beradi. Modellashtirishda hozirgi
zamon texnikaviy yutuqlari qo‘l kelmoqda. Ayniqsa, bunga elektron
hisoblash, kompyuterlashtirish sohalari misol bo‘la oldi.
Ilmiy ijodda
Dostları ilə paylaş: