113
Agar
Navro‘zi Olam shanba kuni
dohil bo‘lsa, Zuhal (Saturn)ga
taalluqlidir. U yil ba’zi shaharlarda qahatchilik bo‘lgay, yomg‘ur ko‘p
yoqg‘ay, xunrezlik (qon to‘kishlik) ham ko‘p bo‘lgay. Janub soridin
(tomondin) lashkar paydo bo‘lur, urush va suqush va o‘g‘ri va qaroqchi ko‘p
bo‘lgay, fitna va yolg‘on fosh bo‘lg‘ay. Kuzgi ekinlar yaxshi bo‘lgay va
mevalar kamroq bo‘lgay, yil oxirida sovuq qattiq bo‘lgay, qishi uzoq
bo‘lgay”.
1
Ilmiy bashorat qilishda falsafiy xulosalar ham muhim ahamiyatga ega.
Chunki falsafa fanining xususiyati ham ilmiy bashoratga yaqindir. Ammo
falsafa fani real imkoniyatlarga asoslangan holda o‘z muamolarini
rivojlantiradi, muammolarni yechishga ko‘maklashadi. Shu bilan birga
falsafa fani ilmiy ijodning-gina metodologiyasi bo‘lib qolmay, ilmiy
bashoratning ham metodologiyasidir. Bashoratchi
ana shu metodologiyaga
suyanib o‘z fikrini bayon qilsa, tanlangan yo‘l to‘g‘ri chiqadi. Bashorat
natijasi unumli bo‘ladi. Ijtimoiy hayotni bashorat qilishda o‘tmish, hozirgi,
kelajakdagi jarayonlar hisobga olinadi. Yoki tabiatshunoslik bo‘yicha ijod
qiluvchi olim dastlabki aniq bilimlarga ega bo‘lsa va unga amal qilsa,
tajribalari mohiyatini to‘la tushungan holda amalga oshirsa,
ijod jarayonida
tasodiflarni nazardan chetda qoldirmasa, u holda oldindan aytib berish
jarayoni ishonarli bo‘ladi. Murakkab ob’yektlarning xatti-harakatini oldindan
aytib berish bitta
yoki ikkita nazariyani emas, balki bir qancha nazariyalarni
ham qamrab olishi mumkin. Chunki bu nazariyalar jarayonning ayrim
tomonlarini, omillarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi mumkin. Demak,
ba’zi bashoratlarni o‘rtaga qo‘yishda bir fanning o‘zi kamlik qilishi mumkin.
Bunday holatda ilmiy bashorat qilish uchun bir necha fanlar
qonuniyatlaridan foydalaniladi.
Insoniyat XXI asrga o‘tar ekan, uning oldida yangi-yangi muammolar
paydo bo‘lmoqda. Bu muammolarni ilmiy tushuntirishda
fanning harakati
kamlik qiladi. Demak, taraqqiyotni ilmiy bashoratsiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Izlanuvchi ilmiy bashorat jarayonida ilmiy
1
Xoja Ali Termiziy. “Navro‘znoma”.
114
ijod bilan shug‘ullanar ekan, ijtimoiy taraqqiyotni qaysi yo‘nalishda harakat
qilishi, bu harakat qanday sur’atlar bilan boradi, qanday to‘siqlar bo‘lishi
mumkinligi, to‘siqlardan qanday o‘tish zarurligi, inson faoliyatiga qanday
yo‘sinda ta’sir qilishi kabilarni tahlil qiladi.
Pirovardida, taraqqiyotning
istiqboli nimada ekanligini bilish uchun javob izlaydi.
Iqtisodiy-ijtimoiy bashoratlar ma’lum bir davrni o‘z ichiga oladi. U
davr qisqa yoki uzun bo‘lishi mumkin. Bu bashoratlarda sanoat, qishloq
ho‘jaligi,
moddiy boyliklar, boshqaruv jarayonlari hisobga olinadi.
Uzoq davrni o‘z ichiga oladigan bashoratlar ma’lum bir davlatlar,
mamlakatlar faoliyatini qamrab oladi. Shundan kelib chiqqan holda, faoliyat
ko‘rsatadi. Bunday sohalarga
ekologik jarayonlar, demografik xususiyatlar,
oziq-ovqat muammolari misol bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: