117
Ilmiy ijod ilmiy dalillar negizida ish yuritadi, faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy
ijodda dalillarga erishish og‘ir va mashaqqatli mehnatni talab etadi. Vaqt va
sabrlilikni istaydi. Dalillarni qo‘lga kiritish bevosita va bilvosita bo‘lishi
mumkin. Ikkala jarayon ham zaruriy holatdir. Bevosita dalillarni qo‘lga
kiritishda narsa va hodisaning o‘z holati, taraqqiyoti,
rivojlanishi kifoya
qiladi. Bilvosita dalillarni qo‘lga kiritish ma’lum shart-sharoitlar, qo‘shimcha
ashyolar, texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollarni talab etadi. Izlanuvchi
ijodkor bunga ruhiy va amaliy jihatdan tayyor turishi kerak. Demak,
dalillarni qo‘lga kiritish sub’yektiv va ob’yektiv shart-sharoitlarga bog‘liqdir.
Dalil insonning bilim doirasini kengaytiradi. Bilim insonning ajralmas
qismidir.
Moddiy olam oddiy bilim osti bo‘lgan cheksiz, rang-barang narsa va
hodisalarning yig‘indisidan iboratdek bo‘lib ko‘rinadi.
Ammo oddiy kuzatish
asosida hodisalarning mohiyatini bilish mumkin emas. Agar bilish oddiy
kuzatishdangina iborat bo‘lsa, u vaqtda biz hodisalarning qonun va
qonuniyatlarini aslo bila olmas edik. Shu sababli ham dalilning asosiy
vazifasi moddiy olamni bilishda ishtirok etib, u to‘g‘risida
inkor etib
bo‘lmaydigan fikrlar tasdig‘ini berishdir. Olam va uning qonuniyatlarini
bilish osonlikcha kechmaydi. U haqiqiy ilmiy dalilni, ijodni talab etadi.
Olamni bilish g‘oyat murakkab jarayondir.
Dalillar farazlarni tahlil qilish uchun ham asosdir. Chunki farazlar hali
haqiqiy ilm emas. Farazlar ham bilishning ma’lum chegarasi bo‘lsa-da, inson
farazlarga asoslanib faoliyat ko‘rsatmaydi. Farazlarning haqiqiyligini
tekshirish, aniqlash dalillar yordamida amalga oshadi.
Farazlarning
hayotiyligini tasdiqlash yoki inkor qilish voqelikning xarakteriga qarab
tajriba yoki kuzatish, modellashtirish, mantiqiy yondashishlar orqali amalga
oshiriladi. Har bir tadqiqot, ma’lumki, farazlarni o‘rtaga tashlash bilan
boshlanadi. Bu farazlar tadqiqot
negizini tashkil etsa-da, dalilga muhtoj. Ana
shu dalil orqali tadqiqot natijasi ko‘rinadi. Ta’kidlash lozimki, nazariyalar
ham dalillar yordamida o‘rtaga qo‘yiladi va o‘z navbatida isbotlanadi.
Nazariyalar dalilsiz, dalillar nazariyasiz bo‘lishi mumkin emas. Aks holda
nazariyalar inson miyasidagi mulohazalardan iborat bo‘lib qolaveradi.