Tayanch tushuncha va iboralar:
dalil, haqiqat, sub’yekt, ob’yekt, dalil turlari, faraz, ilmiy dalil, dalil
to‘plash va ilmiy ijod, sub’yekt-ob’yekt faolligi, to‘liq dalil, yolg‘on dalil,
dalil vazifalari.
124
Mavzuga oid savollar:
1. Ilmiy tadqiqot va ijod tizimida dalil nimalarni ifodalaydi?
2. Dalilda sub’yekt va ob’yekt qanday vazifani bajaradi?
3. Dalil falsafiy kategoriya sifatida nimalarni izohlaydi?
125
VIII bob. Tajriba ijod jarayonidagi dalillash usuli
sifatida. Iqtisodiyotda tajriba
Tajriba - bilish usuli. Tajribaning bilish va ijoddagi o‘rni
Eksperiment so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, uning tarjimasi sinov,
tajriba, isbot degan ma’nolarni anglatadi. Shu sababli, biz ba’zi
adabiyotlardagi chalkashliklarni e’tiborga olib, eksperiment so‘zini aynan
tarjimasi «tajriba» so‘zidan foydalanamiz. Sababi ko‘pgina mualliflar
«tajriba» bilan «eksperiment» so‘zi mohiyatini alohida-alohida
tushuntirishga
harakat
qilib, so‘zning tarjimasini buzib talqin qiladilar. Bu
esa tushunchaning mazmun va mohiyatini aniqroq tasavvur qilishni
qiyinlashtiradi.
Tajriba bu – narsa va hodisalarning mohiyatini ochish sharoitida
qaytadan hosil qilish va kuzatishga imkon beradigan jarayondir.
Tajribada narsa va hodisalarning xilma-xil sharoitlarda tadqiq qilish,
uni ayni bir holatda va boshqa turli holatlarda istagancha takrorlash, ayrim
bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Ba’zi ilmiy ijodda aynan bu jarayon amalga
oshirilmasa, natija olish murakkab kechadi. Demak, tajribaning xususiyati
ham murakkab. U ko‘p mehnat, vaqt, shijoat, tafakkur jarayonlarini talab
etadi. Ammo, tajriba insonning ob’yektiga moddiy va ma’naviy ta’sir
ko‘rsatish quroli bo‘lgani uchun ilmiy ijodda natija olishni tezlashtirishi,
olingan natijalarning haqiqiyligiga kafolat bo‘la olishi mumkin. Shu sababli
ham aytish mumkinki, ilmiy ijodda qo‘llaniladigan boshqa usullardan farq
qiladigan eng muhim usullardan biri bu - tajribadir. Tajriba ham inson
faoliyati natijasida kelib chiqqan. Ushbu uslub ko‘proq tabiat hodisalarini
kuzatish natijasida rivojlanadi. Tajriba qadim zamonlardan boshlab ma’lum
bo‘lsa-da, asosan yangi davrga kelib usul sifatida shakllandi. Uning
paydo bo‘lishida U. Gilbert, F. Bekonlarni xizmati kattadir. Bu olimlar
tajribaning yo‘nalishlarini aniqlab bergan. Umuman, tajriba haqida, uning
mohiyatini tushuntirish uchun turli falsafiy oqimlar paydo bo‘lgan.
Empirizm, ratsionalizm, irratsionalizm shular jumlasidandir.
126
Empirizm oqimi vakillarining fikricha, faqat tajribaga asoslangan,
sezgilar bergan bilimgina ob’yektiv olam narsa va hodisalari haqida to‘g‘ri
ta’savvur beradi. Ratsionalistlarning fikricha, haqiqiy bilish va ijodning
yagona manbai - inson aqli, nazariy tafakkuridir. Bularning takidlashicha,
haqiqatni bilishda sezgi ma’lumotlariga aslo asoslanmaslik kerak. Sezgilar
voqelikdagi narsa va hodisalarning mazmun va mohiyatini buzib ko‘rsatadi.
Voqelik haqida yolg‘on tasavvurlarni paydo qiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu
ikkala oqim bilish jarayonidagi mazkur muhim talablarni alohida-alohida
bo‘rttirib talqin qiladi. Aslida esa izlanishda, bilish jarayonidagi ular bahs
yuritishayotgan ikkala yo‘nalishni ham unutmaslik lozim. Tajriba jarayonida
ikkala jarayon ham muhimdir. Ularni bir-biridan ajratish mumkin emas.
Yuqorida ta’kidlanganidek, empirizm deb ataluvchi oqim, ijod jarayonining
mohiyatini tajriba doirasi bilan cheklab qo‘yadilar va sezgilar faoliyatini
mubolag‘alashtiradilar-da aql-farosatni kamsitadilar. Ratsionalistlar esa
aksincha, tafakkur rolini bo‘rttirib, sezgilarning ijod jarayonidagi
ahamiyatini kamaytiradilar. Holbuki, ijodda tajriba, kuzatish faol ishtirok
etishini nazardan chetda qoldirmaslik lozim.
Kashfiyotlar tajriba va amaliy faoliyat asosida yuzaga keladi, chunki
kashfiyotlar tajriba orqali tekshiriladi, aniqlanadi, haqiqatga aylantiriladi.
Ilmiy ijoddagi natija aniq tajribalar asosida shakllanadi. Demak, ilmiy ijodda
ob’yektiv narsa va hodisalarning yangi xossa hamda xususiyatlarini aniqlash
tajriba asosida amalga oshadi. Shu sababli ham ilmiy ijodda tajribaning
tutgan o‘rni beqiyosdir. Tajriba esa kuzatishlar bilan mustahkam aloqadadir.
Ularni bir-birisiz tasavvur qilish mumkin emas. Tajriba kuzatishlar orqali
amalga oshiriladi. Tajribaning muhim unsuri bo‘lgan kuzatish haqida
faylasuf Omonulla Fayzullayev o‘zining «Falsafa va fanlar metodalogiyasi»
asarida quyidagi mulohazalarni bildiradi:
“Al-Farg‘oniy ham olamdagi voqealarni o‘rganishni kuzatishdan
boshlagan: 1) Nil daryosida oqayotgan suvning hajmi, tezligi va balandligini
kuzatib Nil o‘lchagich asbobini ixtiro qilgan. Bu ilmiy natija Misr davlati va
xalqiga ancha iqtisodiy yordam berdi. Qishloq xo‘jaligi ahli al-Farg‘oniyning
o‘zi tuzgan yil kalendarida bu o‘lchagich ko‘rsatmalariga amal qilib, ko‘p
127
ishlar rejalashtirildi. Davlat soliq tizimini joriy etish ancha osonlashdi.
Dehqonlar soliqni kamroq to‘laydigan bo‘ldi; 2) Quyosh va Yer harakatlari
munosabatlarini kuzatish natijasida Yer shari sirtidagi geografik kenglama va
uzunlama koordinatalariga qarab, ularni kuzatib, yoz, kuz, qish, bahor
fasllari va Quyosh ko‘rinishlari qonuniyatini aniqlagan.
Abu Nasr Forobiy Yer yuzidagi davlatlar xususiyatlarini o‘rganib,
kuzatib, adolatli davlat yaratish masalasini ko‘targan, Ptolemey tizimida
kuzatishdan shakllangan nazariyaga o‘tishda yangi fikrlar aytgan, geometrik
algebraga asos solgan. Forobiyning fikricha, kuzatish asbob-uskunalar orqali
amalga oshiriladi. Asbob esa, tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiylari
ko‘z, quloq, sezgi organlari, sun’iylari - odam yasaydigan asboblar, jumladan
musiqa asboblari.
Beruniyning «Osor al-Boqiya», «Hindiston tarixi» asarlari ilmiy
kuzatishlar va ularni mushohada qilish natijasida paydo bo‘lgan. U toshlar
holatlarini kuzatib mineralogiya fanini, Yer sirtining past-balandligini
kuzatib geodeziya fanini yaratdi. Beruniyning fikricha, bevosita ob’yektiv
kuzatish natijasi haqidagi axborotlarda sub’yektiv fikr aytilishi mumkin.
Ibn Sino fikricha, sezgi narsani to‘la bilolmaydi, faqat tafakkur to‘la
bilishi mumkin. Tafakkur narsaning o‘zi qanday bo‘lsa, o‘shanday bilib
olishi kerak, undan ortig‘i kerak emas. Ko‘z ko‘rganda narsaning rangidan
tashqari uzunligi, bo‘yi, eni, shakli, shuningdek, harakatdami yoki jim
turibdimi, buni ham bilib oladi. Ba’zi sezgi organlari qattik, yumshoq, hid,
tovushlarni payqaydi. Sezish o‘zgaruvchanlikni, tafakkur o‘zgarmas
bog‘lanishlarni belgilab beradi. Sezish aksidensiyalarini, tafakkur
substansiyani bilishda xizmat qiladi. Nimaniki bilmoqchi bo‘lsak, bilingani
yordamida amalga oshadi, deydi Ibn Sino.
Ibn Sino ta’kidlaydiki, odam sezgi organlari o‘zlarini kuzata
olmaydilar, Masalan, ko‘z o‘zini kuzatmaydi (bu, albatta oyna ixtiro
etilguncha). U boshqa narsalarni ko‘rish vositasidir.
Kasalni davolash kuzatishdan boshlanadi, deydi Ibn Sino. Diagnostika
shunga bog‘liq. Kasallarning mijozlarini surishtirib, shu asosida davolashga
o‘tish Sharq tibbiyotining asosiy tamoyillardan bo‘lgan. Shu asosida Ibn
128
Sino xirurgiya, terapiya, nerv tizimi, ichki kasalliklar tibbiyotning boshqa
sohalaridagi kashfiyotlarni ro‘yobga chiqarishga muyassar bo‘ldi.
Nihoyat, Ibn Sino kasallik va uni tuzatish sohasidagi ilmiy fikrlarini
qonun darajasiga ko‘tardi. Darhaqiqat, uning 10 jildlik kitobining nomi ham
«Meditsina qonuniyati» deb ataladi.
Ulug‘bek jahonda teleskopgacha bo‘lgan astronomiyaning buyuk
olimi, ko‘p nazariy kashfiyotlar qilgan. Gap shundaki, ularning hammasi
ilmiy kuzatishdan, ilmiy eksperimentdan boshlangan. Kuzatish deganda,
oddiy ko‘z bilan yoki mikroskop va texnika bilan tabiiy yoki jamoa
jarayonlarini ko‘rib borish tushunilishi mumkin. Lekin, laboratoriya yoki
observatoriya sharoitidagi kuzatish – bu eksperimentdir.
Ulug‘bek Quyosh, planetalar, yulduzlarni o‘zi qurdirgan Samarqand
astronomiya observatoriyasidagi o‘sha zamon ilmiy asboblari yordamida olib
bordi. Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqa
taniqli astronomlar hamda shogirdlar bu ishlarni tadrijiy ravishda bajardilar.
Ulug‘bek ilmiy ijodining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u
ilmiy ishlarini voqealarni kuzatishdangina emas, balki oldin o‘tgan
olimlarning kuzatish natijalarini o‘rganib ularni tanqid qilishdan boshladi.
Bor kuzatuv xulosalarini to‘qqa va puchga ajrata oldi. Uning yana bir
xususiyati shuki, osmon jismlarini kuzatish uchun observatoriya qurish
zarurligini payqab, uning konstruksiyasini fikran eksperiment yordamida
aniqladi, osmon meridiani va quyosh ekliptikasi o‘rinlarini aniqladi,
koordinata sistemasi barcha elementlarini fikran va amalda o‘rnatdi.
Observatoriya ishga tushdi.
Kuzatish ob’yektlari – Quyosh, Oy, planetalar va yulduzlar,
sub’yektlari Ulug‘bek va boshqa kuzatuvchilar, kuzatish vositasi – sekstant.
Ularning hammasi birgalikda kuzatish tizimini tashkil qildilar.
Ulug‘bek kuzatishlari tabiiy hodisalarni odam tomonidan yaratilgan
jahonda dastlabki mukammal sun’iy inshootlar orqali fandagi in’ikosidir.
Kuzatishdan boshlab nazariy mavqegacha yetmagan usulni goho
empirik usul ham deb yuritildi. Uning ma’nosi shuki, nazariy jihatdan bayon
etilishi qiyin bo‘lgan jarayonlarni eksperiment yordamida qonunlashtirish.
129
Tajriba yo‘li bilan aniqlanadigan voqealar. Ko‘p faktorli hodisalarning
me’yori bo‘lgan optimal parametrlar bo‘yicha bog‘lanishlarni tajribaviy
tadqiq qilish.
Empirik usul quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: a) bevosita, yuzaki
ifodalash. Tarixiy voqealarni, hodisalarni, esdaliklarni dastlabki mantiqiy
bayon etish. Botanika, arxeologiya moddiy faktlarini dastlabki o‘rganish; b)
grafik usul - sodda va oson. Parametrlar orasidagi munosabatlarni yaqqol
ko‘rsatadi; v) ekstra - intrapolyatsiya usuli eksperiment yordamida hosil
bo‘lgan sonlar va raqamlarni qayta ishlaydi. Analitik va kelgusidagi
voqealarni oldindan bilishda ishlatiladi. Ko‘pincha eksperiment qilish
imkoniyati yo‘q hollarda ham ishlatiladi”
1
.
Ijod jarayonidagi barcha yangiliklar tajriba va kuzatishga bog‘liq. U
ijodiy faoliyatni mantiqan ifoda etadi. Uning haqiqiyligini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |