132
iqtisodiy tadqiqotlarda o‘tkaziladigan fikriy eksperimentga misol bo‘la oladi.
Fikriy eksperiment o‘tkazib, mazkur jamiyatda ma’lum davrda M o‘rtacha
pul miqdori muomalada bo‘lishining har xil ijtimoiy–iqtisodiy shartlarini
modellashtirib va o‘zaro taqqoslab, u quyidagi bog‘liqliklarni keltirib
chiqaradi:
MV=PQ
Bu yerda: M - pulning o‘rtacha miqdori;
V-aholining daromadlari
aylanmasida pulning muomalada bo‘lishi tezligi; R- tovar va xizmatlar
narxlarining indeksi; Q- yalpi yoki sof milliy mahsulot jismoniy hajmining
ko‘rsatkichi. Bu fikriy eksperiment iqtisodda ob’yektning ( bu yerda ob’yekt
- butun jamiyat) M, V , P, Q iqtisodiy o‘lchamlari o‘rtasidagi
muntazam,
takrorlanuvchi, qonuniy (aynan-chiziqli) bog‘liqlikni aniqlash imkonini
beradi» (89-90 bet).
Ideal tajriba
mantiq qonuniyatlariga asoslanib,
har xil sharoitlar
tashkil qilish yo‘li bilan o‘rganilayotgan hodisani tushunishdir. U turli
murakkab holatlarda hodisani bir-biridan ajratish va shu hodisani «sof
ko‘rinishda» o‘rganish imkonini beradi. Natijada o‘ziga xos yangi bilim
olinadi va qonuniyatlar aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: