130
ham ayamaydilar. Masalan, fanlar tarixidan ma’lumki, buyuk olimlar Mariya
Kyuri, Per Kyurilar radioaktivlik sohasini o‘rganishda o‘ta xavfli tajribalarni
o‘tkazganlar. Falokatni bilsalar ham o‘z hayotlarini
xavf ostida qoldirsalar-
da, tajribani o‘tkazganlar yoki rus olimi iqtisodchi, faylasuf, siyosat arbobi,
tabiatshunos A.A. Bogdanov (Dunyoda birinchi qon qo‘yish inistitutini
tashkil qilgan) qon quyishni o‘zida tajriba qilib o‘tkazish paytida vafot etgan.
Bu kabi holatlar fan tarixida ko‘plab
uchraydiki, bu tadqiqotchilarning
beg‘araz faoliyatlaridan darak beradi.
Tajriba u yoki bu narsa va hodisa ustida faqat bir marta o‘tkazilib
qolinmaydi. Tajriba ko‘p martalab o‘tkaziladi. U shundagina haqiqatga
aylanadi. Tadqiqotchining faoliyatini o‘zi haqiqatni
topishga qaratilgan
bo‘ladi. Tajriba bunga yordamlashadi. Shu jihatdan bo‘lsa kerak, ko‘pgina
olimlar tajriba usulini boshqa usullardan ustun qo‘yadilar. Masalan: Karl
Popper (1902-1994) ta’limotida tajribani («Ilmiy kashfiyot mantiqi» asarida)
boshqa usullardan (jumladan induktiv usul) ustun qo‘yadi. Uning fikricha,
farazlarni hammasini tekshirishdan, tajribadan o‘tkazish lozim.
Tajribadan
o‘tkazilmagan tadqiqotlar insonlarni turli tomonlarga chalg‘itaveradi.
Tajriba o‘tkazish ob’yektiv xususiyatiga qarab tajriba turlarini
tanlashni taqozo etadi. Olinadigan natijalarning kelajagi ham tanlangan
tajriba usuliga bog‘liq. Shu sababli tajriba turlari ham tadqiqotda katta
ahamiyat kasb etadi.
Tajribaning turlari sifatida quyidagilar hisobga olinadi:
1. Tabiiy tajriba;
2. Fikriy tajriba;
3.
Real tajriba;
4. Ideal tajriba;
5. Paralel tajriba;
6. Modelli tajriba va boshqalar.
Ma’lumki, rus olimlaridan I.M.Sechenov, I.P.Pavlovlarning bosh miya
faoliyatlari haqida olib borgan tajribalari tabiiy tajribalardir.
Ular insonning
bosh miyasi orqali organizimda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini, aynan
oshqozon tuzilishidagi o‘zgarishlarni tabiiy tajriba asosida tushuntirib
131
beradilar. Ikkala olim ham hayvonlarda olib borgan tajribalari orqali
reflekslar jarayonini ilmiy asoslaganlar.
Ilmiy tadqiqotda
shunday jarayonlar borki, ularni o‘tkazish uchun juda
ko‘p mablag‘, xarajatlar misli ko‘rilmagan harakatlar talab qilinadi. Demak,
bunday sharoitda ob’yekt bilan bevosita munosabatda bo‘lishning imkoniyati
yo‘q. Shu sababli tajriba o‘tkazishda real yoki nazariy jihatdan ishlangan
model ustida tajriba o‘tkaziladi. Asosiy ob’yekt model bilan almashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: