96
samarasizdir. Binobarin, analiz qilinganda ijodkor narsaning bo‘laklariga
to‘la tushunib yetadi. Shunday bo‘lsa-da, sintezga murojaat qiladi. Sintez
ob’yektning birikuvini qay holatda borishini tushunishga yordam beradi.
Demak, analizsiz sintez, sintezsiz analiz bo‘lishi mumkin emas.
Aks holda
ijod jarayoni ham to‘liq bo‘lmaydi. Analizning asosiy vazifasi murakkab
tizimli butunni, unsurlarini, sifatini o‘rganishdan iborat. Chunki butunning
mohiyati bo‘laklar orqali ochib beriladi.
Narsalarni, ob’yektlarni tavsif qilish
analizga bog‘liq. Masalan: iqtisodiy sohalarni analiz qilish
ishlab chiqarish
jarayonining taraqqiy etishiga imkon yaratadi yoki aksincha, ishlab chiqarish
usulini bilish uchun avvalo ishlab chiqarish kuchlarini, ishlab chiqarish
munosabatlarini, taklif va talablarni yakka-yakka analiz qilish lozim. Bu
holatlar tafakkur orqali amalga oshadi. Zero, tafakkur ijod jarayonining
o‘zagidir. Analiz va sintez qotib qolgan jarayonlar emas. Ular ta’sirida ham
yangi fikrlar ijod namunalari kelib chiqadi. Masalan:
fan taraqqiyotini analiz
qilish natijasida yangi fanlar paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Ular esa falsafiy
sintez qilinadi. Murakkab tizimlarni birdaniga bilib bo‘lmaydi. Ularni tashkil
qilgan birlashmalar alohida-alohida o‘rganilib, so‘ng butunligicha ham
o‘rganiladi.
Ilmiy ijod
Dostları ilə paylaş: